https://oz.sputniknews.uz/20230802/samarqand-test-kitobi-yirtgan-abiturient-imtihon-chetlatish-37520745.html
Samarqandda test kitobini yirtgan abituriyent imtihondan chetlatildi — video
Samarqandda test kitobini yirtgan abituriyent imtihondan chetlatildi — video
Sputnik O‘zbekiston
Abituriyent test topshiriqlari kitobining varag‘ini yirtib olib chiqib ketgani videokuzatuv orqali aniqlangan. Hujjatga ko‘ra, quyidagi hollarda abituriyent test sinovlari jarayonidan chetlashtiriladi va natijalari chiqarilmasligiga asos bo‘ladi:
2023-08-02T17:25+0500
2023-08-02T17:25+0500
2023-08-02T17:35+0500
jamiyat
o‘zbekiston
samarqand
test sinovlari
abituriyent — 2023
imtihon
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/02/37489325_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_7d89a7cc5bc2766ffdb68d648ba0459b.jpg
TOShKENT, 2 avg — Sputnik. Samarqandda test kitobini yirtgan abituriyent imtihondan chetlatildi. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi xabar berdi.Agentlik e’lon qilgan videoda abituriyent test kitobining varag‘ini yirtib olgani aks etgan.Mazkur abituriyent test topshiriqlari kitobining varag‘ini yirtib olib chiqib ketgani videokuzatuv orqali aniqlangan.Qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasining 261-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomning 52-bandiga muvofiq abituriyent test sinovidan chetlashtirildi.Hujjatga ko‘ra, quyidagi hollarda abituriyent test sinovlari jarayonidan chetlashtiriladi va natijalari chiqarilmasligiga asos bo‘ladi: Eslatib o‘tamiz, 1-avgust kuni respublika bo‘ylab oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari boshlandi. Test sinovlari hududlardagi abituriyentlar soni va imtihonlar o‘tkaziladigan binolarning sig‘imiga qarab 11 kundan 13 kungacha davom etadi.Joriy yilda o‘qishga kirish uchun hujjat topshirgan abituriyentlar soni 948 ming 486 nafarni tashkil etdi.
https://oz.sputniknews.uz/20230802/kirish-test-sinovlari-37506517.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/02/37489325_381:391:2590:2048_1920x0_80_0_0_82bbf0d66f013a63097e5cad0e2fbdc6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
samarqand test kitobi yirtgan abituriyent imtihon test sinovlaridan chetlatish asoslar nizom
samarqand test kitobi yirtgan abituriyent imtihon test sinovlaridan chetlatish asoslar nizom
Samarqandda test kitobini yirtgan abituriyent imtihondan chetlatildi — video
17:25 02.08.2023 (yangilandi: 17:35 02.08.2023) Abituriyent test topshiriqlari kitobining varag‘ini yirtib olib chiqib ketgani videokuzatuv orqali aniqlangan.
TOShKENT, 2 avg — Sputnik. Samarqandda test kitobini yirtgan abituriyent imtihondan chetlatildi. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi
xabar berdi. Agentlik e’lon qilgan videoda abituriyent test kitobining varag‘ini yirtib olgani aks etgan.
“Kimyo fanidan test topshiriqlari aks etgan 7101863 raqamli test topshiriqlari kitobi 1-avgust kuni Samarqand viloyatida o‘tkazilgan test sinovlariga taalluqli”, - deyiladi xabarda.
Mazkur abituriyent test topshiriqlari kitobining varag‘ini yirtib olib chiqib ketgani videokuzatuv orqali aniqlangan.
Qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasining 261-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomning 52-bandiga muvofiq abituriyent test sinovidan chetlashtirildi.
Hujjatga ko‘ra, quyidagi hollarda abituriyent test sinovlari jarayonidan chetlashtiriladi va natijalari chiqarilmasligiga asos bo‘ladi:
test sinovlari o‘tkaziladigan hududga yoki binoga kirishda mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya qurilmalari va boshqa vositalar, shpargalkalar olib kirishga harakat qilsa, olib kirgan bo‘lsa yoki ulardan test sinovlari davomida foydalansa;
test materiallarini boshqa abituriyentga uzatsa yoki ularga yordam bersa;
test sinovlari jarayonida bir-biri bilan gaplashsa;
test materiallarini binodan tashqariga olib chiqsa, test topshiriqlari kitobi varag‘ini yirtsa;
test sinovlari uchun ajratilgan vaqt tugagandan so‘ng test materiallarini topshirishdan bosh tortsa;
test sinovlari jarayonida videokuzatuvlar orqali abituriyentning tartib va qoidalarga amal qilmaganligi aniqlansa.
Eslatib o‘tamiz, 1-avgust kuni respublika bo‘ylab oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari boshlandi. Test sinovlari hududlardagi abituriyentlar soni va imtihonlar o‘tkaziladigan binolarning sig‘imiga qarab 11 kundan 13 kungacha
davom etadi.Joriy yilda o‘qishga kirish uchun hujjat topshirgan abituriyentlar soni 948 ming 486 nafarni tashkil etdi.