O‘zbekiston-Ozarbayjon qo‘mondonlik-shtab o‘quvi qanday o‘tdi – foto

Obuna bo‘lish
O‘quv davomida chegarani buzib o‘tishga urinish va noqonuniy qurolli tuzilmalarga qarshi jang olib borish bo‘yicha ikki davlat harbiylari o‘zaro fikr va malaka almashildi.
TOShKENT, 2 avg — Sputnik. Qurolli kuchlar Modellashtirish va simulyatsiya bo‘yicha tadqiqotlar dala-o‘quv markazida O‘zbekiston va Ozarbayjon harbiy bo‘linmalarining birgalikdagi "UZAZ—2023" kompyuter qo‘mondonlik-shtab o‘quvi o‘tkazildi. Bu haqda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
O‘quv “Noqonuniy qurolli tuzilmalarni cheklash, kuchsizlantirish va yo‘q qilish bo‘yicha qo‘shinlar maxsus harakatini tashkillashtirish va olib borish” mavzusida ikki davlat Mudofaa vazirliklari o‘rtasidagi harbiy hamkorlik rejasiga muvofiq o‘tkazildi.
O‘quv davomida chegarani buzib o‘tishga urinish va noqonuniy qurolli tuzilmalarga qarshi jang olib borish bo‘yicha ikki davlat harbiylari o‘zaro fikr va malaka almashildi.
Qurolli to‘qnashuvlarda harbiy harakatlar, maxsus guruh va batalonning jangovar harakatlari nazariy va amaliy jihatdan ko‘rib chiqildi.
Ozarbayjon delegatsiyasi O‘zbekistonning diqqatga sazovor joylariga ham tashrif buyurdi.
© Press-slujba Ministerstva oboroni Uzbekistana

O‘zbekiston-Ozarbayjon qo‘mondonlik-shtab o‘quvi

O‘zbekiston-Ozarbayjon qo‘mondonlik-shtab o‘quvi - Sputnik O‘zbekiston
1/3

2/3

3/3

Yangiliklar lentasi
0