O‘zbekiston internet tezligi reytingida 24 pog‘ona ko‘tarildi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishInternet-server. Illyustrativnoe foto
Internet-server. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.08.2023
Obuna bo‘lish
Aksariyat qo‘shni davlatlarda internet tezligi reytingida pasayish kuzatilgan.
TOShKENT, 2 avg — Sputnik. O‘zbekiston keng polosali (simli) internet tezligi reytingida 24 pog‘ona ko‘tarildi. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov o‘zining Telegram-kanalida xabar berdi.
Qayd etilishicha, Cable.co.uk nashrining dunyodagi keng polosali internet tezligi solishtirma jadvalida dunyodagi notinchlik tufayli aksariyat qo‘shni davlatlarda internet tezligi reytingida pasayish kuzatilgan.
“Prezidentimiz tomonlaridan mamlakatimizda AKT sohasini rivojiga qaratilgan choralar natijasida O‘zbekiston 24 pog‘onaga ko‘tarilganini ko‘rsa bo‘ladi”, deb yozadi Sherzod Shermatov.
Uning qo‘shimcha qilishicha, O‘zbekistonni IT xabga aylantirish yo‘lida internet tezligini oshirish bo‘yicha xali juda ko‘p ish qilish kerak.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda mart oyidan boshlab mobil Internet tezligi oshirilishi va butun mamlakat bo‘ylab 5G texnologiyasi joriy etililishi ma’lum qilingan edi. Unga ko‘ra, butun mamlakat bo‘ylab 3 000 dan ortiq mavjud tayanch stansiyalarini eng so‘nggi texnologiyalar bo‘yicha yangilash, shuningdek, 2 000 dan ortiq yangi tayanch stansiyalarini qurish va ishga tushirish maqsad qilingan.
Yangiliklar lentasi
0