Nukus tumaniga yangi hokim tayinlandi

© Jokargi Kenes KarakalpakstanaZiyauatdin Zaitov
Ziyauatdin Zaitov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.08.2023
Obuna bo‘lish
Ichki ishlar organlari faoliyati muvofiqlashtirish boshqarmasida faoliyat olib borgan Ziyauatdin Zaitov Nukus tumaniga hokim bo‘ldi.
TOShKENT, 2 avg — Sputnik. Ziyauatdin Zaitov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi matbuot xizmati xabar berdi.
Zaitov tayinlovga qadar Nukus shahar bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyati muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan. Shuningdek, u Chimboy tumani ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, Qo‘ng‘irot tumani hokimi, Qoraqalpog‘iston Vazirlar kengashi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
Nukus tumaniga shu vaqtga qadar Umirbay Usnatdinov hokimlik qilib kelayotgandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev 12 nafar tuman va shahar hokimlarini ishdan olgan edi. Xususan, prezident Amudaryo, Qo‘rg‘ontepa, Buxoro, Mirishkor, Chiroqchi, Xatirchi, Payariq, Oqoltin, Guliston, Oqqo‘rg‘on tumanlari, Navoiy va Yangiyo‘l shaharlari hokimlarini lavozimidan ozod qilish bo‘yicha topshiriq bergan.
Yangiliklar lentasi
0