Maxsus operatsiya: 2-avgustning asosiy xabarlari

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishRabota podrazdeleniy tilovogo obespecheniya v zone SVO.
Rabota podrazdeleniy tilovogo obespecheniya v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.08.2023
Obuna bo‘lish
Kun davomida Ukraina qurolli kuchlari Donesk, Janubiy Donesk, Zaporoje, Kupansk va Krasniy Liman yo‘nalishlarida muvaffaqiyatsiz hujumga urinishlarini davom ettirdi.
TOShKENT, 2 avg — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi olib borayotgan maxsus harbiy operatsiyaning so‘nggi sutka davomida sodir bo‘lgan asosiy voqealari.

Mudofaa vazirligining 2-avgust hisoboti:

Donesk yo‘nalishida "Janub" kuchlar guruhi Berestovoe, Sportnoe, Severnoe, Staromixaylovka, Mariinka va Krasnogorovka aholi punktlari hududlarida dushmanning 12ta hujumini muvaffaqiyatli qaytardi.
DXRning Chasov Yar, Belaya Gora, Krasnogorovka, Kurdumovka va Dzerjinsk aholi punktlari hududlarida Ukraina Qurolli kuchlari bo‘linmalariga zarba berildi. Slavansk shahri yaqinida UQKning "Liman" operativ-taktik guruhi o‘q-dori ombori yo‘q qilindi.
Kun davomida dushman 295 nafar harbiy xizmatchi, ikkita tank, uchta zirhli jangovar mashina, to‘rtta pikap, AQShda ishlab chiqarilgan M777 artilleriya tizimi, Gvozdika o‘ziyurar artilleriya moslamasi, shuningdek, ikkita D-20 va bitta D-30 gaubitsasini yo‘qotdi.
Janubiy Donesk yo‘nalishida "Sharq" kuchlar guruhi bo‘linmalari DXRning Urojaynoe aholi punkti hududida dushman hujumini muvaffaqiyatli qaytardi. UQK yo‘qotishlari 210 dan ortiq ukrainalik harbiy xizmatchi, uchta zirhli jangovar texnika, uchta avtomashina, Polshada ishlab chiqarilgan "Krab" o‘ziyurar artilleriya moslamasi va "Bogdan" g‘ildirakli o‘ziyurar gaubitsani tashkil qildi.
Zaporoje yo‘nalishida rus qo‘shinlari Rabotino va Patixatki aholi punktlari hududlarida dushmanning to‘rtta hujumini qaytardi. Malaya Tokmachka aholi punkti yaqinida Ukraina Milliy gvardiyasining 15-brigadasining o‘q-dorilar ombori yo‘q qilindi. Dushmanning yo‘qotishlari 220 dan ortiq harbiy xizmatchilar, bitta tank, ikkita BMP va ikkita mashinani tashkil etdi.
Kupansk yo‘nalishida "G‘arb" qo‘shinlar guruhi hujum otradlari LXRning Novoselovskoe va Xarkov viloyatining Timkovka aholi punktlari yo‘nalishida o‘zlarining taktik joylashuvini yaxshiladilar. Novoselovskoe aholi punkti hududida 25-havo-desant brigadasining ikkita hujumi muvaffaqiyatli qaytarildi.
Xarkov viloyatining Timkovka, Kotlyarovka, Pershotravneve, LXRning Novoselovskoe va Artemovka aholi punktlari hududlarida UQK harbiylari va texnikasi to‘plangan hududlarga zarba berildi.
Dushman yo‘qotishlari 40 dan ortiq harbiy xizmatchilar, ikkita zirhli jangovar mashina, ikkita avtomashina, "Grad" reaktiv tizimi jangovar mashinasi, Polshada ishlab chiqarilgan "Krab" o‘ziyurar artilleriya moslamasi, ikkita "Gvozdika" o‘ziyurar gaubitsasi, "Nona" o‘ziyurar artilleriyasi va minomot moslamasi, "Msta-S" va "Msta-B" o‘ziyurar gaubitsalarini tashkil qildi.
Krasniy Liman yo‘nalishida "Markaz" qo‘shinlari guruhi LXRning Novovodanoe posolkasi hududida dushman hujumini muvaffaqiyatli qaytardi.
DXRning Torskoe, Grigorovka va LXRning Chervonaya Dibrova aholi punktlari hududlarida UQKga turli qurollardan zaba berildi.
Kun davomida 115 nafar ukrainalik harbiy xizmatchi, to‘rtta zirhli jangovar mashina, uchta texnika, AQShda ishlab chiqarilgan M777 artilleriya moslamasi, "Gvozdika" o‘ziyurar gaubitsasi va D-30 gaubitsasi yo‘q qilindi.
Xerson yo‘nalishida kun davomida 45 nafar ukrainalik harbiy xizmatchi, 3 ta texnika, "Akatsiya" o‘ziyurar artilleriya majmuasi va uchta Msta-B gaubitsasi yo‘q qilindi.
Rossiya aviatsiyasi, raketa kuchlari va artilleriyasi kun davomida UQKning 118 ta pozitsiyalarda joylashgan 96 ta artilleriya bo‘linmalari ishchi kuchi va texnikasiga zarba berdi.
Zaporoje viloyatining Orexov shahri yaqinida Ukrain Milliy gvardiyasining 15-brigada qo‘mondonlik punktiga zarba berildi. Xarkov viloyati Ogursovo va DXRning Drujkovka aholi punktlari hududlarida UQKning 60-mexanizatsiyalashgan brigadasining o‘q-dori va yoqilg‘i omborlari yo‘q qilindi.
Havo hujumidan mudofaa tizimlari bir sutkada AQShda ishlab chiqarilgan HIMARS ko‘p raketali tizimining 12 ta raketasini tutib oldi.
Novoaleksandrovka, Mankovka, Rubejnoe, Varvarovka, Kodema, Berestovoe, Veseloe, Vasilevka, Pavlovka, Orlyanskoe, Chervonogorka, Novopokrovka va Nove Oleshki aholi punktlari hududlarida Ukrainaning 28 ta uchuvchisiz apparatini urib tushirdi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan buyon Ukraina jami 458 ta samolyot, 245 ta vertolot, 5430 ta uchuvchisiz uchish apparati, 427 ta zenit-raketa majmuasi, 11084 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnika, 1142 ta ko‘p raketali tizimlar jangovar texnikasi, 5719 ta artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, 12 020 dona maxsus harbiy mashinalarini yo‘qotdi.
Yangiliklar lentasi
0