Qishga kelib G‘arb Ukrainani sulh tuzishga majbur qiladi – OAV

© AP Photo / Evgeniy MaloletkaKiyev, arxiv surat
Kiyev, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.08.2023
Obuna bo‘lish
Maqolada ta’kidlanishicha, bu uzoq muddatli sulh bo‘lmaydi. Mojaro Koreys yarim orolidagi kabi muzlatib qo‘yiladi.
TOShKENT, 2 avg — Sputnik. Kiyev qishda G‘arb bosimi ostida Moskva bilan sulh tuzishga majbur bo‘ladi. Bu haqda “Welt” gazetasi yozmoqda.
Maqolada ta’kidlanishicha, bu uzoq muddatli sulh bo‘lmaydi. Mojaro Koreys yarim orolidagi kabi muzlatib qo‘yiladi. Ukrainaning NATO va YeIga a’zoligi yaqin istiqbolda imkonsiz bo‘ladi. Xorijlik investorlar Ukraina iqtisodiyotiga sarmoya kiritishi dargumon.
Bundan tashqari, mualliflar muvaffaqiyatsizlik harbiylar va aholi orasidagi norozilikni kuchaytiradi deb hisoblashmoqda.
Nashrning yozishicha, Ukraina qarshi hujumi qanday borayotganidan G‘arbning hafsalasi pir bo‘lgan. Ukraina harbiylari kuchli va keng ko‘lamli operatsiyalar o‘tkazishga qodir emasliklari ayon bo‘lgan.
Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina 4-iyundan buyon muvaffaqiyatsiz hujum qilishga urinayotganini ma’lum qilgan. 11-iyul kuni Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Ukraina armiyasi qarshi hujum boshlaganidan buyon 26 mingdan ziyod kishisini yo‘qotganini aytgan edi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina harbiylari biror bir yo‘nalishda muvaffaqiyatga erisha olmaganini ta’kidlagan.
Yangiliklar lentasi
0