https://oz.sputniknews.uz/20230801/vengriya-engil-atletika-jch-ozbekiston-37444163.html
O‘zbekistonlik sportchilar Vengriyadagi yengil atletika bo‘yicha JChda ishtirok etadi — ro‘yxat
O‘zbekistonlik sportchilar Vengriyadagi yengil atletika bo‘yicha JChda ishtirok etadi — ro‘yxat
Sputnik O‘zbekiston
Butunjahon yengil atletika federatsiyasi mazkur dunyo birinchiligida O‘zbekiston terma jamoasining 5 nafar a’zosi qatnashishini tasdiqladi.
2023-08-01T11:00+0500
2023-08-01T11:00+0500
2023-08-01T11:00+0500
sport
o‘zbekiston
vengriya
yengil atletika
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/1c/28595339_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_5e44fd2634cc484c6a93c0975aef48f7.jpg
TOShKENT, 1 avg — Sputnik. Vengriyada bo‘lib o‘tadigan yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekistondan 5 nafar sportchi ishtirok etadi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.Vengriyaning Budapesht shahrida 19-27 avgust kunlari yengil atletika bo‘yicha navbatdagi jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.Butunjahon yengil atletika federatsiyasi musobaqada ishtirok etuvchi O‘zbekiston terma jamoasining 5 nafar a’zosi qatnashishini tasdiqladi.Unga ko‘ra, Yekaterina Voronina yetti kurash, Sharifa Davronova uch hatlab sakrash, Anvar Anvarov uzunlikka sakrash, Safina Sadullayeva balandlikka sakrash, Yekaterina Tunguskova marafon yugurish dasturlarida o‘z omadlarini sinab ko‘rishadi.O‘zbekistondan musobaqada quyidagi sanalarda chiqishadi:Bellashuvlar davomida sportchilar Parij-2024 normativlarini bajarishsa, Olimpiada yo‘llanmalarini ham qo‘lga kiritishlari mumkin.
o‘zbekiston
vengriya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/1c/28595339_71:0:1210:854_1920x0_80_0_0_a5ff5f66d309b908dd3c5ce7bd3c1671.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
vengriya yengil atletika jch o‘zbekiston sportchilar
vengriya yengil atletika jch o‘zbekiston sportchilar
O‘zbekistonlik sportchilar Vengriyadagi yengil atletika bo‘yicha JChda ishtirok etadi — ro‘yxat
Butunjahon yengil atletika federatsiyasi mazkur dunyo birinchiligida O‘zbekiston terma jamoasining 5 nafar a’zosi qatnashishini tasdiqladi.
TOShKENT, 1 avg — Sputnik. Vengriyada bo‘lib o‘tadigan yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekistondan 5 nafar sportchi ishtirok etadi, deya xabar berdi
Milliy olimpiya qo‘mitasi. Vengriyaning Budapesht shahrida 19-27 avgust kunlari yengil atletika bo‘yicha navbatdagi jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.
Butunjahon yengil atletika federatsiyasi musobaqada ishtirok etuvchi O‘zbekiston terma jamoasining 5 nafar a’zosi qatnashishini tasdiqladi.
Unga ko‘ra, Yekaterina Voronina yetti kurash, Sharifa Davronova uch hatlab sakrash, Anvar Anvarov uzunlikka sakrash, Safina Sadullayeva balandlikka sakrash, Yekaterina Tunguskova marafon yugurish dasturlarida o‘z omadlarini sinab ko‘rishadi.
O‘zbekistondan musobaqada quyidagi sanalarda chiqishadi:
19 avgust: Yekaterina Voronina (100 metrga to‘siqlar osha yugurish, balandlikka sakrash, yadro uloqtirish va 200 metrga yugurish), Sharifa Davronova (saralash);
20 avgust: Yekaterina Voronina (uzunlikka sakrash, nayza uloqtirish, 800 metrga yugurish);
21 avgust: Sharifa Davronova (final);
23 avgust: Anvar Anvarov (saralash);
24 avgust: Anvar Anvarov (final);
25 avgust: Safina Sadullayeva (saralash);
26 avgust: Yekaterina Tunguskova (final);
27 avgust: Safina Sadullayeva (final).
Bellashuvlar davomida sportchilar Parij-2024 normativlarini bajarishsa, Olimpiada yo‘llanmalarini ham qo‘lga kiritishlari mumkin.