https://oz.sputniknews.uz/20230801/tora-bobolov-toshkent-viloyatidagi-tumanlarning-biriga-hokim-boldi-37466421.html
To‘ra Bobolov Toshkent viloyatidagi tumanlarning biriga hokim bo‘ldi
To‘ra Bobolov Toshkent viloyatidagi tumanlarning biriga hokim bo‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
To‘ra Bobolov 1970-yil tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 1992-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. U 2019-yilning may oyida Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan, 2020-yil yanvarida viloyat hokimi lavozimiga rasman tasdiqlangan. 2022-yilning dekabriga kelib u boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Surxondaryo viloyati hokimi lavozimidan ozod etilgan. 2023-yildan hozirgi kunga qadar SSP raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
2023-08-01T17:13+0500
2023-08-01T17:13+0500
2023-08-01T17:24+0500
siyosat
to‘ra bobolov
toshkent viloyati
yangi tayinlov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/01/37466250_0:84:1280:804_1920x0_80_0_0_4f001342a8342e5ec7f6289cacfaf749.jpg
TOShKENT, 1 avg — Sputnik. To‘ra Bobolov Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi (SSP) matbuot xizmati xabar berdi.Tayinlovga qadar Bobolov SSP raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.To‘ra Bobolov 1970-yil tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 1992-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Mehnat faoliyatini viloyat davlat mulk boshqarmasi kassiri sifatida boshlagan, so‘ng SSP hududiy boshqarmasi, Hududlarni kompleks rivojlantirish viloyat boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.1994-2003 yillarda O‘zbekiston Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlik davlat qo‘mitasining Surxondaryo viloyati boshqarmasida turli lavozimlarda ishlagan.2003-2004 yillarda Surxondaryo viloyati tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi raisi bo‘lgan.2004-2016 yillarda SSP Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i, 2017-2019 yillarda Surxondaryo viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari bo‘lgan. U 2019-yilning may oyida Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan, 2020-yil yanvarida viloyat hokimi lavozimiga rasman tasdiqlangan. 2022-yilning dekabriga kelib u boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Surxondaryo viloyati hokimi lavozimidan ozod etilgan. 2023-yildan hozirgi kunga qadar SSP raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/01/37466250_107:39:1154:824_1920x0_80_0_0_91c5226dda1c44522b2606b8d3af3af6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
to‘ra bobolov oqqo‘rg‘on tumani hokimi hokim xokim ma’lumot biografiya kim
to‘ra bobolov oqqo‘rg‘on tumani hokimi hokim xokim ma’lumot biografiya kim
To‘ra Bobolov Toshkent viloyatidagi tumanlarning biriga hokim bo‘ldi
17:13 01.08.2023 (yangilandi: 17:24 01.08.2023) Surxondaryoning sobiq hokimi To‘ra Bobolov yana hokimlik lavozimiga qaytdi.
TOShKENT, 1 avg — Sputnik. To‘ra Bobolov Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi (SSP) matbuot xizmati
xabar berdi. Tayinlovga qadar Bobolov SSP raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
To‘ra Bobolov 1970-yil tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 1992-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini viloyat davlat mulk boshqarmasi kassiri sifatida boshlagan, so‘ng SSP hududiy boshqarmasi, Hududlarni kompleks rivojlantirish viloyat boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
1994-2003 yillarda O‘zbekiston Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlik davlat qo‘mitasining Surxondaryo viloyati boshqarmasida turli lavozimlarda ishlagan.
2003-2004 yillarda Surxondaryo viloyati tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi raisi bo‘lgan.
2004-2016 yillarda SSP Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i, 2017-2019 yillarda Surxondaryo viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari bo‘lgan. U 2019-yilning may oyida Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi
etib tayinlangan, 2020-yil yanvarida viloyat hokimi lavozimiga rasman
tasdiqlangan. 2022-yilning dekabriga kelib u boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Surxondaryo viloyati hokimi lavozimidan
ozod etilgan. 2023-yildan hozirgi kunga qadar SSP raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.