https://oz.sputniknews.uz/20230801/qozogiston-elektron-sigaretalar--taqiq-37457239.html
Milliy xavfsizlik masalasi: Qozog‘iston elektron sigaretalarni to‘liq taqiqlashi mumkin
Milliy xavfsizlik masalasi: Qozog‘iston elektron sigaretalarni to‘liq taqiqlashi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
2021 yilda "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi O‘zbekistonda elektron sigaretalarni taqiqlashni taklif qilgan edi. Mamlakatda tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risidagi qonun qabul qilingan. Unga ko‘ra, tamaki mahsulotlarini 21 yoshga to‘lmagan shaxslarga sotish, donalab yoki ochilgan, iste’mol o‘rovida (qutisida) sigaretalar va qizdiriladigan tamakini sotish taqiqlanadi.
2023-08-01T14:50+0500
2023-08-01T14:50+0500
2023-08-01T14:50+0500
dunyoda
qozog‘iston
tamaki mahsulotlari
taqiq
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/17/35250026_0:106:2696:1623_1920x0_80_0_0_8043752437b82575e0fa3ba42f2fe3b9.jpg
TOShKENT, 1 avg — Sputnik. Qozog‘istonda veyp (elektron sigareta)larni taqiqlash to‘g‘risidagi qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda. Bu haqda mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari – moliya vaziri Yerulan Jamauayev ma’lum qildi.Vazirning so‘zlariga ko‘ra, u mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligining veyplarni taqiqlash taklifini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi.Vazirlik qo‘shimcha qilishicha, hozir deputatlar ta’tilda. Ular ta’tildan qaytishi bilan bu qonun loyihasi ko‘rib chiqiladi.Eslatib o‘tamiz, 2021-yilda "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi O‘zbekistonda elektron sigaretalarni taqiqlashni taklif qilgan edi.Mamlakatda tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risidagi qonun qabul qilingan. Unga ko‘ra, tamaki mahsulotlarini 21 yoshga to‘lmagan shaxslarga, donalab yoki ochilgan, iste’mol o‘rovida (qutisida) sigaretalar va qizdiriladigan tamakini sotish taqiqlanadi.Tamaki mahsulotlarining rag‘batlantiruvchi, tetiklashtiruvchi, shifobaxsh, yoshartiruvchi yoki boshqa ijobiy samaraga ega ekanligi haqida bevosita yoki bilvosita tasavvur hosil qiladigan axborotni joylash taqiqlanadi.Tamaki mahsuloti qutisida (o‘ramida) mahsulotni iste’mol qilishning inson sog‘lig‘iga salbiy ta’siri to‘g‘risidagi matn va rasm shaklidagi tibbiy ogohlantirish mavjud bo‘lishi shart.Yangilangan "Reklama to‘g‘risida"gi qonunga ko‘ra, tamaki mahsulotlarini hamda tamakini va nikotinni iste’mol qilish moslamalarini reklama qilish taqiqlanadi.Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti elektron sigaretalar oddiy sigaretalar kabi salomatlik uchun xavfli ekanligidan ogohlantiradi. Elektron sigaretalarni chekish paytida chiqadigan moddalar odatda nikotin va boshqa zaharli moddalarni o‘z ichiga oladi. Unday moddalar ham chekuvchi, ham havodagi ayerozollarni nafas oladigan chekmaydigan odamga zarar yetkazadi.Chekish aralashmalari uchun elektron yetkazib berish moslamalaridan suyuqlik oqishi jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin, buning oqibatida zaharli suyuqlik bolaning terisiga yoki organizmiga tushishi mumkin.
https://oz.sputniknews.uz/20230530/chekish-taqiqlangan-joylar-35485277.html
qozog‘iston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/17/35250026_0:0:2696:2023_1920x0_80_0_0_d1103433abefdb040b670bfb7a5a3a6e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
qozog‘istond elektron sigaretalar veyp taqiq o‘zbekiston tamaki taqiqlar qonun
qozog‘istond elektron sigaretalar veyp taqiq o‘zbekiston tamaki taqiqlar qonun
Milliy xavfsizlik masalasi: Qozog‘iston elektron sigaretalarni to‘liq taqiqlashi mumkin
2021 yilda "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi O‘zbekistonda elektron sigaretalarni taqiqlashni taklif qilgan edi.
TOShKENT, 1 avg — Sputnik. Qozog‘istonda veyp (elektron sigareta)larni taqiqlash to‘g‘risidagi qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda. Bu haqda mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari – moliya vaziri Yerulan Jamauayev ma’lum qildi.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, u mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligining veyplarni taqiqlash taklifini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi.
“Biz veyplardan foydalanish oqibatlarini hatto to‘liq tushunmaymiz. Agar farzandlarimiz iste’mol qilsa, bu milliy xavfsizlik masalasi. Shu bois to‘liq taqiqlaymiz va veyp savdosi o‘sishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun barcha choralarni ko‘ramiz”, - dedi Jamauayev. Uning so‘zlaridan Sputnik Qozog‘iston
iqtibos keltirgan.Vazirlik qo‘shimcha qilishicha, hozir deputatlar ta’tilda. Ular ta’tildan qaytishi bilan bu qonun loyihasi ko‘rib chiqiladi.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yilda "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi O‘zbekistonda elektron sigaretalarni taqiqlashni
taklif qilgan edi.Mamlakatda tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risidagi qonun
qabul qilingan. Unga ko‘ra, tamaki mahsulotlarini 21 yoshga to‘lmagan shaxslarga, donalab yoki ochilgan, iste’mol o‘rovida (qutisida) sigaretalar va qizdiriladigan tamakini sotish taqiqlanadi.
Tamaki mahsulotlarining rag‘batlantiruvchi, tetiklashtiruvchi, shifobaxsh, yoshartiruvchi yoki boshqa ijobiy samaraga ega ekanligi haqida bevosita yoki bilvosita tasavvur hosil qiladigan axborotni joylash taqiqlanadi.
Tamaki mahsuloti qutisida (o‘ramida) mahsulotni iste’mol qilishning inson sog‘lig‘iga salbiy ta’siri to‘g‘risidagi matn va rasm shaklidagi tibbiy ogohlantirish mavjud bo‘lishi shart.
Yangilangan "Reklama to‘g‘risida"gi qonunga ko‘ra, tamaki mahsulotlarini hamda tamakini va nikotinni iste’mol qilish moslamalarini reklama qilish
taqiqlanadi.Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti elektron sigaretalar oddiy sigaretalar kabi salomatlik uchun xavfli ekanligidan
ogohlantiradi. Elektron sigaretalarni chekish paytida chiqadigan moddalar odatda nikotin va boshqa zaharli moddalarni o‘z ichiga oladi. Unday moddalar ham chekuvchi, ham havodagi ayerozollarni nafas oladigan chekmaydigan odamga zarar yetkazadi.
Chekish aralashmalari uchun elektron yetkazib berish moslamalaridan suyuqlik oqishi jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin, buning oqibatida zaharli suyuqlik bolaning terisiga yoki organizmiga tushishi mumkin.