O‘zbekistonda keksa yoshli insonlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish boshlandi

© Sputnik / Vladimir AstapkovichKeksa ayol
Keksa ayol - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.08.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda bir oy davomida “Keksalar salomatligi oyligi” tashkil etiladi.
TOShKENT, 1 avg — Sputnik. Bugundan O‘zbekistonda nuroniylar bepul sog‘lomlashtiriladi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi yangi aksiya e’lon qildi. Unga ko‘ra, 1-avgustdan 1-sentabrgacha “Keksalar salomatligi oyligi” tashkil etiladi.
Bu davrda mamlakatdagi nuroniy otaxon va onaxonlar malakali shifokorlar tomonidan o‘zlari istiqomat qilayotgan hududda chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Qayd etilishicha, mamlakatda 55 yoshdan oshgan 3 million 200 ming nafarga yaqin pensiya yoshidagi nuroniylar bor.
"Dastlab tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladigan nuroniylar ro‘yxati shakllantirilib, ular yoshi, jinsi va salomatlik holatidan kelib chiqib, tegishli guruhlarga ajratiladi. Shundan so‘ng aksiyaga jalb qilingan keksa yoshli insonlar maxsus tibbiy brigadalar tomonidan profilaktik va chuqurlashtirilgan tekshiruvlardan o‘tkaziladi”, deyiladi xabarda.
Tibbiy ko‘riklar yakunida:
o‘tkir va surunkali xastaliklar qayd etilgan katta yoshli bemorlardan bir guruhi birlamchi bo‘g‘indagi kunduzgi shifoxonalarda ambulator sharoitda, statsionar yordamga muhtoj qatlam esa tuman, shahar hamda viloyat miqyosidagi tibbiyot muassasalarida davolanadi;
yuqori texnologik ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamga ehtiyoji bor keksa yoshli bemorlarga viloyat va respublika muassasalariga imtiyozli yo‘llanmalar taqdim etiladi.
Olis va chekka hamda chegara hududlarda sayyor tibbiy brigadalar tomonidan chuqurlashtirilgan tekshiruvlar o‘tkaziladi.
Yangiliklar lentasi
0