https://oz.sputniknews.uz/20230801/ozbekiston-davlatlar-yangi-loyihalar-takliflar-ishlab-chiqish-37436700.html
O‘zbekiston 8 mingdan ziyod ish o‘rni yaratuvchi yangi loyihalar ishlab chiqmoqchi — tafsilotlar
O‘zbekiston 8 mingdan ziyod ish o‘rni yaratuvchi yangi loyihalar ishlab chiqmoqchi — tafsilotlar
Sputnik O‘zbekiston
Vengriya, Ozarbayjon va Yaponiya bilan sheriklikdagi yangi loyihalar natijasida qariyb 1 milliard 700 million dollarlik eksport imkoniyati yaratililadi.
2023-08-01T07:01+0500
2023-08-01T07:01+0500
2023-08-01T11:38+0500
siyosat
o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev
vengriya
ozarbayjon
yaponiya
hamkorlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/01/37436762_0:66:1280:786_1920x0_80_0_0_a3b00d9eecfd26fe5bfe52e763133117.jpg
TOShKENT, 1 avg — Sputnik. O‘zbekiston Vengriya, Ozarbayjon va Yaponiya bilan hamkorlik qilishda yangi loyihalar bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev boshchiligida o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.Shavkat Mirziyoyev Vengriya, Ozarbayjon va Yaponiya bilan investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.Aytilishicha, Vengriya, Ozarbayjon va Yaponiya bilan sheriklikdagi yangi loyihalar natijasida 8 mingdan ziyod yangi ish o‘rni, qariyb 1 milliard 700 million dollarlik eksport imkoniyati yaratilishi nazarda tutilgan.Davlat rahbari loyihalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, bu borada mas’ullar va investitsiya menejerlari ishini jonlantirish zarurligini ta’kidladi.Sanoat, axborot texnologiyalari, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, xizmatlar, ta’lim va innovatsiyalar hamkorlikning yangi istiqbolli yo‘nalishlari sifatida qayd etildi.
o‘zbekiston
vengriya
yaponiya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/01/37436762_145:0:1280:851_1920x0_80_0_0_11799826742745a5b360d13461d46801.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston vengriya ozarbayjon yaponiya yangi loyihalar
o‘zbekiston vengriya ozarbayjon yaponiya yangi loyihalar
O‘zbekiston 8 mingdan ziyod ish o‘rni yaratuvchi yangi loyihalar ishlab chiqmoqchi — tafsilotlar
07:01 01.08.2023 (yangilandi: 11:38 01.08.2023) Vengriya, Ozarbayjon va Yaponiya bilan sheriklikdagi yangi loyihalar natijasida qariyb 1 milliard 700 million dollarlik eksport imkoniyati yaratililadi.
TOShKENT, 1 avg — Sputnik. O‘zbekiston Vengriya, Ozarbayjon va Yaponiya bilan hamkorlik qilishda yangi loyihalar bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev boshchiligida o‘tgan yig‘ilishda
ma’lum qilindi. Shavkat Mirziyoyev Vengriya, Ozarbayjon va Yaponiya bilan investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.
Aytilishicha, Vengriya, Ozarbayjon va Yaponiya bilan sheriklikdagi yangi loyihalar natijasida 8 mingdan ziyod yangi ish o‘rni, qariyb 1 milliard 700 million dollarlik eksport imkoniyati yaratilishi nazarda tutilgan.
“Siyosiy iroda va o‘zaro manfaatdorlik natijasida Vengriya bilan 33 ta, Ozarbayjon bilan 27 ta, Yaponiya bilan 13 ta loyiha bo‘yicha kelishuvlar imzolangan. Yig‘ilishda ushbu loyihalarning ijro holati, ularni amalga oshirish bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan tizim haqida axborot berildi”, - deyiladi xabarda.
Vengriya bilan hamkorlikda parrandachilik klasteri tashkil etish, aviakompaniya ochish, dori-darmonlar, butlovchi qismlar va kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish rejalashtirilgan.
Ozarbayjon bilan energetika, kimyo, transport, mashinasozlik, qurilish sohalarida hamkorlik qilinmoqda.
Yaponiya bilan loyihalar ko‘lami: energetika, turizm, sog‘liqni saqlash, farmatsevtika, to‘qimachilik, chorvachilik.
Davlat rahbari loyihalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, bu borada mas’ullar va investitsiya menejerlari ishini jonlantirish zarurligini ta’kidladi.
“Ikki tomonlama muloqotlar, jumladan, ishbilarmon doiralarning o‘zaro tashriflarini tashkil etish orqali yangi loyihalar bo‘yicha takliflar ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi”, - deyilgan xabarda.
Sanoat, axborot texnologiyalari, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, xizmatlar, ta’lim va innovatsiyalar hamkorlikning yangi istiqbolli yo‘nalishlari sifatida qayd etildi.