Maktab o‘qituvchilariga ustama to‘lab beriladigan sertifikatlar ro‘yxati tasdiqlandi

© press-slujba Ministerstva visshego obrazovaniya, nauki i innovatsiy UzbekistanaQarshi davlat universitetida Rus tili markazi ochildi, arxiv surat
Qarshi davlat universitetida Rus tili markazi ochildi, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.08.2023
Obuna bo‘lish
2023-2024 o‘quv yili davomida umumta’lim maktablarining pedagoglariga 50 va 20 foiz ustama to‘lab beriladigan sertifikatlar ro‘yxati tasdiqlandi.
TOShKENT, 1 avg — Sputnik. Maktab o‘qituvchilariga 50 va 20 foiz ustama to‘lab beriladigan sertifikatlar ro‘yxati tasdiqlandi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi xabar berdi.
2023-2024 o‘quv yili davomida umumta’lim maktablarining pedagoglariga 50 va 20 foiz ustama to‘lab beriladigan sertifikatlar ro‘yxati tasdiqlandi.
Endi boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari ham ustama olishlari mumkin.
Maktabgacha va maktab ta’limi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-2024 o‘quv yilida ustama to‘lanadigan sertifikatlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarori tasdiqlandi.
Mazkur qarorda o‘tgan o‘quv yilidagi sertifikatlar ro‘yxatiga bir qancha o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi ko‘zda tutilgan.
Jumladan:
50 va 20 foizlik ustama to‘lanadigan sertifikatlar ro‘yxatiga quyidagilar qo‘shildi:
Teaching English as a Foreign Language (TEFL);
Teaching English as a Second Language (TESL);
SAT subject score (matematika, fizika, biologiya, kimyo);
A levels (informatika);
Astrum Certified IT Educator (Informatika);
Bilim va malakalarni baholash agentligi (BMBA) tomonidan amalga oshiriladigan umumta’lim fanlari bo‘yicha sertifikatlash va bilim darajasini aniqlash sertifikati (Tarix);
BMBA umumta’lim fanlari bo‘yicha sertifikatlash va bilim darajasini aniqlash sertifikati (Geografiya);
Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari uchun (BMBA umumta’lim fanlari bo‘yicha sertifikatlash va bilim darajasini aniqlash sertifikati (matematika va ona tili).
Ushbu qo‘shma qarorga asosan jami 13 ta sertifikat ro‘yxatdan chiqarildi. Bunga qadar olingan va mazkur qo‘shma qarorga ko‘ra ro‘yxatdan chiqarilgan sertifikatlar amal qilish muddati davrida o‘z kuchini saqlab qoladi.
Ushbu sertifikatlar amal qilish davrida ular bo‘yicha o‘rnatilgan tartibda ustamalar to‘lanishi ta’minlanadi.
Quyidagi hollarda aniqlanganda sertifikatlar uchun ustamalar to‘lab berilmaydi:
verifikatsiya yoki sertifikat berishga vakolatli (xorijiy yoki milliy) tashkilotga yuborilgan so‘rov natijasiga ko‘ra sertifikatning haqiqiy emasligi aniqlanganda;
vakolatli (xorijiy yoki milliy) tashkilotga yuborilgan so‘rovga javob olinmaganda yoki sertifikatda ko‘rsatilgan imtihon natijasining haqiqiyligi va to‘g‘riligi tasdiqlanmaganda.
Yangiliklar lentasi
0