https://oz.sputniknews.uz/20230801/kiev-rejimi-tunda-yana-moskvaga-3-ta-dron-bilan-hujum-uyushtirdi-37439876.html
Kiyev rejimi tunda Moskvaga 3 ta dron bilan hujum uyushtirdi
Kiyev rejimi tunda Moskvaga 3 ta dron bilan hujum uyushtirdi
Sputnik O‘zbekiston
Mudofaa vazirligi: Ukrainaning 3 ta uchuvchisiz uchoqlarining Moskva va Moskva viloyatidagi obyektlarga zarba berishga urinishlari bartaraf etildi. 01.08.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-08-01T08:56+0500
2023-08-01T08:56+0500
2023-08-01T11:32+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
ukraina
rossiya
moskva
moskva viloyati
dron
hujum
dunyo yangiliklari
dunyoda
sergey sobanin
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/01/37439707_0:234:2809:1814_1920x0_80_0_0_259a8a11edeaea12112234ad1115eb25.jpg
TOShKENT, 1 avg — Sputnik. Seshanba kuni kechasi Kiyev rejimi Moskvaga 3 ta pilotsiz uchar apparati bilan hujum qildi, ikkitasi urib tushirildi, yana biri radioelektron kurash tizimi orqali bostirildi va Moskva shahri hududiga quladi, deb xabar qildi Rossiya Mudofaa vazirligi.Vazirlik xabariga ko‘ra, radioelektron kurash ta’siridan boshqaruvni yo‘qotgan yana bir dron “Moskva Siti” majmuasi hududiga qulagan.Avvalroq Moskva meri Sergey Sobanin dron “Moskva Siti” minoralaridan biriga qulagani, yana bir qanchasi havo hujumidan mudofaa kuchlari tomonidan urib tushirilganini ma’lum qilgandi. Uning aniqlik kiritishicha, natijada 150 kvadrat metr maydondagi oynalar shikastlangan, jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q.Bu Kiyev rejimining Moskvada terakt uyushtirishga birinchi urinishi emas: xuddi shunday urinish o‘tgan yakshanba kuni ham qilingandi. Bir dron havo mudofaasi tomonidan urib tushirildi, ikkitasi radioelektron kurash tizimlari tomonidan bostirildi va “Moskva Siti” majmuasi hududiga quladi.
ukraina
moskva viloyati
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/01/37439707_40:0:2771:2048_1920x0_80_0_0_61952bc3aba4d7396b1ff3ae1a0882c2.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ukraina, rossiya, moskva, moskva viloyati, dron, hujum, dunyo yangiliklari, dunyoda, sergey sobanin
ukraina, rossiya, moskva, moskva viloyati, dron, hujum, dunyo yangiliklari, dunyoda, sergey sobanin
Kiyev rejimi tunda Moskvaga 3 ta dron bilan hujum uyushtirdi
08:56 01.08.2023 (yangilandi: 11:32 01.08.2023) Mudofaa vazirligi: Ukrainaning 3 ta uchuvchisiz uchoqlarining Moskva va Moskva viloyatidagi obyektlarga zarba berishga urinishlari bartaraf etildi.
TOShKENT, 1 avg — Sputnik. Seshanba kuni kechasi Kiyev rejimi Moskvaga 3 ta pilotsiz uchar apparati bilan hujum qildi, ikkitasi urib tushirildi, yana biri radioelektron kurash tizimi orqali bostirildi va Moskva shahri hududiga quladi, deb xabar qildi Rossiya Mudofaa vazirligi.
"1 avgustga o‘tar kechasi Kiyev rejimi tomonidan Moskva shahri va Moskva viloyatidagi obyektlarga pilotsiz uchar apparatlari yordamida uyushtirilgan teraktning oldi olindi. Moskva viloyatining Odinsovo va Narofominsk tumanlari hududi ustida Ukrainaning ikki droni havo hujumidan mudofaa tizimi yordamida yo‘q qilindi", — deyilgan xabarda.
Vazirlik xabariga ko‘ra, radioelektron kurash ta’siridan boshqaruvni yo‘qotgan yana bir dron “Moskva Siti” majmuasi hududiga qulagan.
Avvalroq Moskva meri Sergey Sobanin dron “Moskva Siti” minoralaridan biriga qulagani, yana bir qanchasi havo hujumidan mudofaa kuchlari tomonidan urib tushirilganini ma’lum qilgandi. Uning aniqlik kiritishicha, natijada 150 kvadrat metr maydondagi oynalar shikastlangan, jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q.
Bu Kiyev rejimining Moskvada terakt uyushtirishga birinchi urinishi emas: xuddi shunday urinish o‘tgan yakshanba kuni ham qilingandi. Bir dron havo mudofaasi tomonidan urib tushirildi, ikkitasi radioelektron kurash tizimlari tomonidan bostirildi va “Moskva Siti” majmuasi hududiga quladi.