Deputatlar “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilishdi

© Press-slujba Zakonodatelnoy palatiQonunchilik palatasi majlisi
Qonunchilik palatasi majlisi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.08.2023
Obuna bo‘lish
Hujjat o‘qituvchilarning obro‘sini oshirish, qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligini ta’minlashga xizmat qilishi ta’kidlanmoqda.
TOShKENT, 1 avg — Sputnik. Deputatlar Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqib, qabul qilishdi. Bu haqda quyi palata matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, qonun loyihasini ikkinchi o‘qishga tayyorlash jarayonida siyosiy partiyalar fraksiyalari majlislarida, Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining yig‘ishlarida tegishli vazirlik-idoralar vakillari, soha mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tomonidan moddama modda ko‘rildi, takomillashtirildi va qator muhim o‘zgartirishlar kiritilib, maromiga yetkazildi.
“Qonun loyihasida pedagoglarning huquqlari, majburiyatlari, ular faoliyatining asosiy kafolatlari, ularning mehnatiga yarasha haq to‘lash, rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilish tamoyillari belgilanmoqda”, - deyilgan xabarda.
Qonun loyihasi bilan pedagogning sha’ni, qadr-qimmatini himoya qilish masalasida muayan mansabdor shaxsning xatti-harakatlari ustidan sudga murojaat qilganida davlat bojini to‘lashdan ozod etilishi, ilk bor kasbiy faoliyat boshlayotgan shaxsga bir o‘quv yili davriga o‘qituvchi-murabbiylikni amalga oshiruvchi pedagog xodimni biriktirilishi va biriktirilgan mazkur pedagogga qo‘shimcha haq to‘lanishi kabi kafolatlar ham mustahkamlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bu qonun loyihasini deputatlar 4-may kuni ko‘rib chiqib, uni yanada takomillashtirish bo‘yicha bir qator takliflar berishgan edi.
Yangiliklar lentasi
0