https://oz.sputniknews.uz/20230801/buxoro-savdo-dokonlar-yongin-37442247.html
Buxorodagi 23 ta savdo do‘konida yong‘in sodir bo‘ldi — video
Buxorodagi 23 ta savdo do‘konida yong‘in sodir bo‘ldi — video
Sputnik O‘zbekiston
Yong‘in natijasida insonlarning halok bo‘lish va tan jarohati olish holatlari qayd etilmadi.
2023-08-01T10:07+0500
2023-08-01T10:07+0500
2023-08-01T11:24+0500
jamiyat
o‘zbekiston
buxoro
tadbirkor
do‘kon
yong‘in
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/07/23830370_0:100:1164:755_1920x0_80_0_0_405c6cd01e54e2c5c6c885099f4366c2.jpg
TOShKENT, 1 avg — Sputnik. Bugun Buxorodagi 2 qavatli savdo do‘konlarida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Buxoro viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.Aytilishicha, 1-avgust kuni soat 02:05 da Buxoro shahar Ibn Sino ko‘chasi yo‘l yoqasida joylashgan 2 qavatli savdo do‘konlarida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.Voqea joyiga viloyat garnizonidan 11 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari hamda 7 ta hamkorlikdagi xizmatlarning texnikalari jalb etildi.Yong‘in oqibatida 2 qavatli 15 ta do‘konning ichki tovar mahsulotlari va shift qismi yongan. Xuddi shu manzilda bo‘lgan "Buxoro markaziy dehqon bozori" AJga qarashli 1 qavatli savdo pavilonidagi 8 ta savdo do‘konlari (jami 23 ta savdo do‘koni) ichida bo‘lgan tovar moddiy boyliklari va do‘kon jihozlari yonib zarar ko‘rgan.Yong‘in yuzasidan tergovga qadar tekshiiruv ishlari olib borilmoqda. Yong‘inning kelib chiqish sababini aniqlash maqsadida yong‘in-texnik ekspertizasi tayinlangan.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/07/23830370_14:0:1151:853_1920x0_80_0_0_d5a8cd1b4827e848c5c01e0a4cfcaadf.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
buxoro savdo do‘konlari yong‘in tadbirkorlar fvv
buxoro savdo do‘konlari yong‘in tadbirkorlar fvv
Buxorodagi 23 ta savdo do‘konida yong‘in sodir bo‘ldi — video
10:07 01.08.2023 (yangilandi: 11:24 01.08.2023) Yong‘in natijasida insonlarning halok bo‘lish va tan jarohati olish holatlari qayd etilmadi.
TOShKENT, 1 avg — Sputnik. Bugun Buxorodagi 2 qavatli savdo do‘konlarida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Buxoro viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi
xabar berdi. Aytilishicha, 1-avgust kuni soat 02:05 da Buxoro shahar Ibn Sino ko‘chasi yo‘l yoqasida joylashgan 2 qavatli savdo do‘konlarida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Voqea joyiga viloyat garnizonidan 11 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari hamda 7 ta hamkorlikdagi xizmatlarning texnikalari jalb etildi.
“Yong‘in joyiga soat 02:07 da yetib borib, savdo do‘konlarining taxminan 700m2 maydonga tarqalib yonayotganligi to‘g‘risida ma’lumot olingan va soat 03:11 da batamom o‘chirilgan”, - deyiladi xabarda.
Yong‘in oqibatida 2 qavatli 15 ta do‘konning ichki tovar mahsulotlari va shift qismi yongan. Xuddi shu manzilda bo‘lgan "Buxoro markaziy dehqon bozori" AJga qarashli 1 qavatli savdo pavilonidagi 8 ta savdo do‘konlari (jami 23 ta savdo do‘koni) ichida bo‘lgan tovar moddiy boyliklari va do‘kon jihozlari yonib zarar ko‘rgan.
“Yong‘indan bozor tasarufidagi pavilon va savdo do‘konlarining 10.000 m2 maydoni saqlab qolindi. Yong‘in natijasida insonlarning halok bo‘lish va tan jarohati olish holatlari qayd etilmadi”, - deya qo‘shimcha qilingan xabarda.
Yong‘in yuzasidan tergovga qadar tekshiiruv ishlari olib borilmoqda. Yong‘inning kelib chiqish sababini aniqlash maqsadida yong‘in-texnik ekspertizasi tayinlangan.