Urgutda tarixiy obidalarga to‘qqiz milliard so‘mlik zarar yetkazildi — Bosh prokuratura

© Xokimiyat goroda UrgutaNochnoy vid goroda Urgut
Nochnoy vid goroda Urgut - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.07.2023
Obuna bo‘lish
Tarixiy yodgorliklarda juda katta miqdorda zarar yetkazgan shaxslar 7-yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.
TOShKENT, 31-iyul — Sputnik. Samarqand viloyati Urgut tumani “Mingtepa” va “Quyiqishloq” mahallalarida joylashgan tarixiy yodgorliklarda 9 mlrd. so‘mlik zarra yetkaildi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, Urgut tumani "Mingtepa" mahallasida joylashgan “To‘lqirtepa-1” arxeologiya yodgorligining 163 m3 hajmdagi yer maydoni maxsus texnika yordamida kovlab olinib, tarixiy obyektga 4 mlrd. so‘m zarar yetkazilgan.
Shuningdek, ushbu tumanning “Quyiqishloq” mahallasida joylashgan o‘rta asrlarga oid “Teshiktepa”, “Dehqonobod” mahallasidagi “Qulqishloqtepa-2” va “Ogahiy” mahallasidagi “Mozortepa” arxeologiya obyektlari qisman buzilishi oqibatida jami 5 mlrd. so‘m zarar yetkazilgan.
Tekshirishlar natijasiga ko‘ra jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Prokutatura ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston Jinoyat Kodeksiga ko‘ra, mazkur jinoiy qilmishlar og‘ir jinoyat hisoblanib, aybdor shaxslarga nissbatan 7-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanilishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0