Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Ukraina Doneskni o‘qqa tutishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi

© Sputnik / RIA Novosti / Mediabankka o‘tishO‘qqa tutilgan Donesk, arxiv surat
O‘qqa tutilgan Donesk, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.07.2023
Obuna bo‘lish
Ukraina harbiylari dushanba kuni ertalab Doneskning markaziy Voroshilov tumanini o‘qqa tutdi.
TOShKENT, 31-iyul — Sputnik. Ukraina Qurolli kuchlarining Donesk markazini o‘qqa tutishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda shahar meri Aleksey Kulemzin ma’lum qildi.
“Soat 10:00 holatiga dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Voroshilov tumani o‘qqa tutilishi oqibatida 1 kishi halok bo‘lgan va 3 kishi yarador bo‘lgan. Ular haqidagi ma’lumotlar aniqlashtirilmoqda”, - deya yozdi Kulemzin o‘zining Telegram-kanalida.
Avvalroq Kulemzin dushanba kuni ertalab Doneskning markaziy Voroshilov tumani o‘qqa tutilganini ma’lum qilgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, raketa Nikoh qasri yoniga kelib tushgan. Avtobus va ikkita yengil mashina yonib ketgan.
Yangiliklar lentasi
0