Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Shoygu Ukraina iyul oyida qancha harbiysini yo‘qotganini aytdi

© Press-slujba Minoboroni RF / Mediabankka o‘tishSergey Shoygu, arxiv surat
Sergey Shoygu, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.07.2023
Obuna bo‘lish
Iyul oyida Rossiya harbiylari, jumladan, 10 ta "Leopard" tanki, 11 ta Amerikaning "Bradley" piyoda jangovar mashinalarini yakson qilgan.
TOShKENT, 31-iyul — Sputnik. Ukraina Qurolli kuchlari iyul oyida qariyb 21 ming askarini yo‘qotdi. Bu haqda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Qurolli kuchlar rahbariyati bilan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qildi.
“O‘tgan oy davomida qo‘shinlarimizning muvaffaqiyatli harakatlari natijasida dushman tomon yo‘qotishlari — 20 800 nafardan ortiq, aniqrog‘i 20 824 nafar harbiy xizmatchini va 2 227 dona turli qurol-yarog‘ni tashkil qildi”, — dedi Rossiya Mudofaa vazirligi rahbari.
Yozning ikkinchi oyida Rossiya harbiylari quyidagilarni yo‘q qildi:
10 ta "Leopard" tanki;
11 ta Amerikaning "Bradley" piyoda jangovar mashinalari;
40 ta Amerikaning M777 artilleriya tizimi;
Buyuk Britaniya, AQSh, Germaniya, Fransiya va Polshadan 50 ta o‘ziyurar artilleriya moslamalari.
Shoyguning ta’kidlashicha, Kiyevga yetkazib berilayotgan G‘arb qurollari jang maydonida muvaffaqiyatga olib kelmaydi, mojaroni uzaytiradi, xolos.
Yangiliklar lentasi
0