O‘zbekistonlik shaxmatchilar uchun Jahon kubogi omadli boshlandi

© unsplash/Randy FathShaxmat donalari
Shaxmat donalari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.07.2023
Obuna bo‘lish
Bokuda o‘tayotgan musobaqaning ilk kunida 4 nafar o‘zbekistonlik dona surdi.
TOShKENT, 31-iyul — Sputnik. O‘zbekistonlik shaxmatchilar uchun Jahon kubogi omadli boshlandi.
Bokuda o‘tayotgan musobaqaning ilk kunida 4 nafar o‘zbekistonlik dona surdi. Xususan:
Javohir Sindorov Deng Kipriano Reanni (JAR), Nodirbek Yakubboyev Malek Koniaxlini (Misr) mag‘lub etdi.
Shamsiddin Vohidov Abdulla Gadimbayli (Ozarbayjon) bilan, Nilufar Yakubboyeva Yeva Repkova (Slovakiya) bilan durang qayd etdi.
30 iyul-24 avgust kunlari davomida bo‘lib o‘tadigan shaxmat bo‘yicha jahon kubogi umumiy sovrin jamg‘armasi 1,8 mln dollar.
Yangiliklar lentasi
0