Nigerda hokimiyatni qo‘lga olgan isonchilar Fransiyaga uran eksportini to‘xtatdi

© Radio Télévision du NigerKomanduyushiy prezidentskoy gvardiyey Nigera general Omar Tchiani. Arxivnoe foto
Komanduyushiy prezidentskoy gvardiyey Nigera general Omar Tchiani. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.07.2023
Obuna bo‘lish
Uran, oltin, neft va olmos kabi qazilma boyliklariga ega bo‘lgan Niger davlati bugun dunyodagi eng qashshoq mamlakatlardan biri.
TOShKENT, 31-iyul — Sputnik. Nigerda hokimiyatni qo‘lga olgan harbiylar Fransiyaga uran va oltin eksportini to‘xtatishdi. Bu haqida mahalliy OAVga asosan RIA Novosti xabar qilmoqda.
Isonchilar vakillari Fransiyani harbiy intervensiya uyushtirish va hokimiyatdan ag‘darilgan prezident Muhammad Bazum hokimiyatini tiklash istagida ham ayblashmoqda.
“Bizda uran, olmos, oltin, neft bor va nega biz quldek yashayapmiz? Bizning xavfsizligimiz uchun fransuzlar kerak emas”, - dedi ison ishtirokchilaridan biri.
Niger uran qazib olish bo‘yicha dunyoda yettinchi o‘rinda turadi. Ushbu Afrika davlati Fransiyadagi atom elektr stansiyalari ehtiyojlari uchun 15-17 % uran bilan ta’minlab kelgan.
Ma’lumot uchun, 27-iyulga o‘tar kechasi Niger harbiylari prezident ag‘darilganini e’lon qildi. Qo‘zg‘olonning sababi Bazumning prezident gvardiyasi qo‘mondoni Umar Chianini ishdan bo‘shatish istagi edi. Niger qurolli kuchlari qo‘mondonligi isonchilar bilan birdamlik e’lon qildi. “Vatan Mudofaa Milliy Kengashi” rahbari yangi davlat rahbari deb e’lon qilindi.
Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, Niger dunyodagi eng qashshoq mamlakatlardan biridir.
Yangiliklar lentasi
0