Navoiydagi chiqindi poligonida yong‘in sodir bo‘ldi

© Xokimiyat Navoiyskoy oblastiNavoiydagi chiqindi poligonida yong‘in
Navoiydagi chiqindi poligonida yong‘in  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.07.2023
Obuna bo‘lish
Yong‘inni barataraf etishga 50 ta turli texnika hamda 150 nafar xodim safarbar qilingan.
TOShKENT, 31-iyul — Sputnik. Navoiy viloyati Karmana tumanidagi chiqindi poligonida yong‘in sodir bo‘ldi.
Viloyat hokimligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, 30-iyul kuni soat 14:20 lar atrofida Karmana tumani “Yangi ariq” MFY hududida joylashgan “Berejlivost” xususiy ishlab chiqarish korxonasiga tegishli qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash poligonida yong‘in kelib chiqqan.
© Xokimiyat Navoiyskoy oblastiPojar na poligone musora v Navoiyskoy oblasti
Pojar na poligone musora v Navoiyskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.07.2023
Bu holatni shu kunning mutasaddilar borib o‘rgangan. Yong‘inni barataraf etishga 50 ta turli texnika hamda 150 nafar xodim safarbar qilingan. Ta’kidlanishicha, yong‘inni o‘chirish va chiqindilarni to‘liq ko‘mish ishlari hozir ham davom etmoqda.
“Vaziyat doimiy nazoratga olingan va to‘liq bartaraf etilgandan keyin qo‘shimcha ma’lumot beriladi”, — deyiladi xabarda.
Yangiliklar lentasi
0