Kiyev xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha muzokaralar qachon boshlanishini ma’lum qildi

© AP Photo / Efrem LukatskyKiyev, arxiv surat
Kiyev, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.07.2023
Obuna bo‘lish
Zelenskiy ofisi rahbari Yermak: xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha AQSh bilan muzokaralar keyingi haftada boshlanadi
TOShKENT, 31-iyul – Sputnik. Kiyev keyingi haftada Vashington bilan ikki tomonlama xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi, deydi Vladimir Zelenskiy ofisi rahbari Andrey Yermak.

"Ukraina NATO a’zoligini qabul qilguncha harakat qiladi, bu eng ishonchli xavfsizlik kafolati” — deb yozadi u Telegram kanalida.

Yermakning so‘zlariga ko‘ra, gap mudofaaviy va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash hamda Rossiyaga qarshi sanksiyalar haqida ketmoqda.
Vilnyus shahrida bo‘lib o‘tgan NATO sammitining so‘nggi kunida G7 mamlakatlari Ukrainani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha deklaratsiyani e’lon qildi. U harbiy yordam bo‘yicha ikki tomonlama kelishuv hamda Rossiya bilan yangi mojaro bo‘lgan taqdirda reja tuzishni ko‘zda tutadi. Shunga qaramay, unda keltirilgan xavfsizlik sohasidagi majburiyatlar amalga oshirishning aniq muddatini nazarda tutmaydi. Shuningdek, hujjatda Ukrainani NATOga qabul qilish uchun biror bir vaqtinchalik kafolat yo‘q. Kiyev “xavfsizlik kafolati” 2024-yildagi Vashingtonda NATO sammitidan amal qilishiga umid bildirildi.
Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov, o‘z navbatida, Moskva Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari berilishi mavzusiga salbiy munosabatda ekanini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, ushbu qaror “o‘rta, uzoq muddatli va hatto qisqa muddatda juda salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin”.
Yangiliklar lentasi
0