https://oz.sputniknews.uz/20230731/avgust-ob-havo-37427936.html
Avgust oyida qanday ob-havo kutilmoqda?
Avgust oyida qanday ob-havo kutilmoqda?
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda bu yilgi avgust oyi o‘rtacha issiq bo‘lishi kutilmoqda. Oyning dastlabki besh kunligida maksimal havo harorati +35...+40 daraja atrofida bo‘ladi, so‘ngra harorat +33...+38 darajagacha pasayadi.Kunduz kunlari harorat asosan +33…+38 daraja atrofida, ayrim kunlarda 40 darajagacha bo‘lishi kutilmoqda.
2023-07-31T17:02+0500
2023-07-31T17:02+0500
2023-07-31T17:02+0500
jamiyat
o‘zbekiston
ob-havo
o‘zbekistonda ob-havo
o‘zbekiston bo‘ylab ob-havo prognozi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/1a/37244436_21:0:3052:1705_1920x0_80_0_0_ee756ca913505f78df3bce93fb26ab28.jpg
TOShKENT, 31-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda bu yilgi avgust oyi o‘rtacha issiq bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet ma’lum qildi.Oyning dastlabki besh kunligida maksimal havo harorati +35...+40 daraja atrofida bo‘ladi, so‘ngra harorat +33...+38 darajagacha pasayadi.Kunduz kunlari harorat asosan +33…+38 daraja atrofida, ayrim kunlarda 40 darajagacha bo‘lishi kutilmoqda. Oyning ikkinchi yarmida harorat +30…+33 darajagacha qisqa muddatli davrga pasayishi mumkin.Faqat respublikaning ayrim, asosan, tog‘oldi va tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.Avgust oyiO‘zbekistonda avgust oyining o‘rtacha oylik harorati iyul oyining o‘rtacha oylik haroratidan 1,5−2,5 darajaga past, ammo baribir bu juda issiq oydir.Issiq ob-havo cho‘qqisida havo harorati +40…+43 darajaga, shimolda, janubda va cho‘l hududlarida esa +44…+47 darajaga yetadi.Shunday qilib, Toshkentda barcha kuzatuv yillari uchun avgust oyida maksimal harorat +43,1 darajani tashkil etadi, bu holat 1944-yil 8-avgustda qayd etilgan. Ushbu qiymatga yaqin bo‘lgan maksimal harorat 2011-yil avgust oyida kuzatilgan (43 daraja) edi.O‘zbekistonda barcha kuzatuv yillari uchun 2021-yilning avgust oyi eng issiq bo‘lib, bunda o‘rtacha oylik harorat meyordan 1,5−2,5 darajaga yuqori bo‘ldi. Biroq 2021-yil avgust oyida ekstremal yuqori harorat kuzatilmadi. Toshkentda maksimal havo harorati +40 daraja belgisidan bir marta bo‘lsa ham yuqoriga ko‘tarilmadi.Iyul bilan taqqoslaganda, odatda avgust oyida salqin havo kirib kelishi soni ko‘payadi, shuning uchun avgust oyida havo harorati +40 daraja va undan yuqori bo‘lgan davrlar qisqa muddatli bo‘lib, hududning ko‘p qismida 2−3 kundan ko‘p bo‘lmaydi.Avgust — yilning eng quruq oyidir. Yomg‘irlar ko‘pincha tog‘oldi va tog‘li hududlarda kuzatiladi. Respublikaning tekislik hududlariga yomg‘ir har yili yog‘maydi va yomg‘ir kuzatilganda esa mahalliy xususiyatga ega bo‘ladi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/1a/37244436_341:0:3072:2048_1920x0_80_0_0_74526ee002a08ba3f2d17194fdb3b31e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
avgust ob-havo o‘zbekiston prognoz o‘zgidromet ma’lumot
avgust ob-havo o‘zbekiston prognoz o‘zgidromet ma’lumot
Avgust oyida qanday ob-havo kutilmoqda?
O‘zbekistonda avgust oyining o‘rtacha oylik harorati iyul oyining o‘rtacha oylik haroratidan 1,5−2,5 darajaga past, ammo baribir bu juda issiq oydir.
TOShKENT, 31-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda bu yilgi avgust oyi o‘rtacha issiq bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet
ma’lum qildi. Oyning dastlabki besh kunligida maksimal havo harorati +35...+40 daraja atrofida bo‘ladi, so‘ngra harorat +33...+38 darajagacha pasayadi.
Kunduz kunlari harorat asosan +33…+38 daraja atrofida, ayrim kunlarda 40 darajagacha bo‘lishi kutilmoqda. Oyning ikkinchi yarmida harorat +30…+33 darajagacha qisqa muddatli davrga pasayishi mumkin.
Faqat respublikaning ayrim, asosan, tog‘oldi va tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.
O‘zbekistonda avgust oyining o‘rtacha oylik harorati iyul oyining o‘rtacha oylik haroratidan 1,5−2,5 darajaga past, ammo baribir bu juda issiq oydir.
Issiq ob-havo cho‘qqisida havo harorati +40…+43 darajaga, shimolda, janubda va cho‘l hududlarida esa +44…+47 darajaga yetadi.
Shunday qilib, Toshkentda barcha kuzatuv yillari uchun avgust oyida maksimal harorat +43,1 darajani tashkil etadi, bu holat 1944-yil 8-avgustda qayd etilgan. Ushbu qiymatga yaqin bo‘lgan maksimal harorat 2011-yil avgust oyida kuzatilgan (43 daraja) edi.
O‘zbekistonda barcha kuzatuv yillari uchun 2021-yilning avgust oyi eng issiq bo‘lib, bunda o‘rtacha oylik harorat meyordan 1,5−2,5 darajaga yuqori bo‘ldi. Biroq 2021-yil avgust oyida ekstremal yuqori harorat kuzatilmadi. Toshkentda maksimal havo harorati +40 daraja belgisidan bir marta bo‘lsa ham yuqoriga ko‘tarilmadi.
Iyul bilan taqqoslaganda, odatda avgust oyida salqin havo kirib kelishi soni ko‘payadi, shuning uchun avgust oyida havo harorati +40 daraja va undan yuqori bo‘lgan davrlar qisqa muddatli bo‘lib, hududning ko‘p qismida 2−3 kundan ko‘p bo‘lmaydi.
Avgust — yilning eng quruq oyidir. Yomg‘irlar ko‘pincha tog‘oldi va tog‘li hududlarda kuzatiladi. Respublikaning tekislik hududlariga yomg‘ir har yili yog‘maydi va yomg‘ir kuzatilganda esa mahalliy xususiyatga ega bo‘ladi.