Bokudagi shaxmat bo‘yicha jahon kubogi: O‘zbekiston sharafini kimlar himoya qiladi

© Federatsiya shaxmat UzbekistanaKomanda Uzbekistana viigrala shaxmatnuyu Olimpiadu v Indii
Komanda Uzbekistana viigrala shaxmatnuyu Olimpiadu v Indii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.07.2023
Obuna bo‘lish
30 iyul-24 avgust kunlari davomida bo‘lib o‘tadigan shaxmat bo‘yicha jahon kubogi umumiy sovrin jamg‘armasi 1,8 mln dollar.
TOShKENT, 30-iyul — Sputnik. Bugun, 30-iyul kuni, shaxmat bo‘yicha jahon kubogi musobaqasi Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida boshlanadi.
24 avgustga qadar bo‘lib o‘tadigan jahon kubogi umumiy sovrin jamg‘armasi 1 834 000 dollarni tashkil etadi.
1-2-3-o‘rinlarni egallagan shaxmatchilar kelasi yil bo‘ladigan toj davogarlari turniriga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.
“Musobaqada hamurtlarimiz Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov, Nodirbek Yakubboyev, Shamsiddin Vohidov va Nilufar Yakubboyevalar ishtirok etishadi”, - deya ma’lum qildi O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi rahbari Alisher Sa’dullayev.
Yangiliklar lentasi
0