Rossiya o‘zining harbiy-dengiz floti qudratini izchil oshiradi – Putin

© Sputnik / Anatoly Medved / Mediabankka o‘tishVladimir Putin
Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.07.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, mamlakat milliy dengiz siyosatining keng ko‘lamli vazifalarini ishonch bilan amalga oshirmoqda
TOShKENT, 30-iyul — Sputnik. Rossiya o‘zining harbiy-dengiz floti qudratini izchil oshiradi. Flot shu yil davomida 30 ta turli kemalarga ega bo‘ladi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sankt-Peterburgdagi Harbiy-dengiz floti kuni munosabati bilan tashkil etilgan asosiy paradda nutq so‘zlayotib, ma’lum qildi.
“Bugun Rossiya milliy dengiz siyosatining keng ko‘lamli vazifalarini ishonch bilan amalga oshirmoqda, o‘z floti qudratini izchil oshirmoqda. Shu yilning o‘zida uning tarkibi 30 turli toifadagi kema bilan to‘ldiriladi”, - dedi Putin.
Sankt-Peterburgdagi asosiy harbiy-dengiz paradida 45 ta kema, kater va uch mingga yaqin harbiy xizmatchi qatnashmoqda.
Yangiliklar lentasi
0