Putin Rossiya NATO bilan harbiy to‘qnashuvga tayyorligini ma’lum qildi

© Sputnik / Aleksey Danichev / Mediabankka o‘tishVladimir Putin
Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.07.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya NATO bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashishni xohlamaydi, biroq har qanday ssenariyga hozir.
TOShKENT, 30-iyul — Sputnik. Rossiya NATO bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy to‘qnashuvni istamaydi, biroq kimdir xohlasa, Moskva bunga tayyor. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma’lum qildi.
Putinning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya “har qanday ssenariyga tayyor”, garchi buni hech kim xohlamasa-da. Rossiya rahbari AQSh tashabbusi bilan bunga o‘xshash mojarolarning oldini olish uchun maxsus mexanizm ishlab chiqilganini eslatdi.
“Bizning muayan bo‘linmalarimiz rahbarlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri bir birlari bilan muloqot qilishadi va har qanday inqirozli vaziyat yuzasidan maslahatlashish imkoniyatiga ega”, - dedi Putin Rossiya-Afrika forumi yakunida tashkil etilgan matbuot anjumanida. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Putinning ta’kidlashicha, bu mexanizm tomonlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashish sari borish istagi yo‘qligini ko‘rsatadi.
“Biroq agar kimdir istasa – biz emas – lekin biz tayyormiz”, - dedi Rossiya yetakchisi.
Yangiliklar lentasi
0