O‘zbekistonlik voleybolchilar Osiyo chempionatining kumush medalini qo‘lga kiritdi

© NOK UzbekistanaO‘zbekistonlik voleybolchilar Osiyo chempionatining kumush medali sohibi
O‘zbekistonlik voleybolchilar Osiyo chempionatining kumush medali sohibi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.07.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Eron jamoalari qit’a chempioni unvoni uchun o‘zaro kuch sinashdi.
TOShKENT, 30-iyul — Sputnik. Toshkentda voleybol bo‘yicha 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smir yigitlar o‘rtasida Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar qildi.
Qit’a chempioni unvoni uchun O‘zbekiston va Eron jamoalari o‘zaro bahs olib borishdi. Qiziqarli kechgan uchrashuvning dastlabki setini o‘zbekistonliklar o‘z foydasiga hal qilishdi. Biroq keyin eronliklar tashabbusni qo‘lga olib, qit’ada birinchi bo‘lishdi.
O‘zbekistonlik yosh voleybolchilar esa chempionatning kumush medali bilan kifoyalanishdi.
Eslatib o‘tamiz, bu barcha yosh toifalaridagi O‘zbekiston voleybolchilari uchun qit’a birinchiligidagi ilk final bo‘ldi. Qolaversa, bu natija bilan terma jamoa kelasi yil bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati yo‘llanmasini ham qo‘lga kiritgan.
Yangiliklar lentasi
0