Farg‘onadagi yong‘indan so‘ng yerto‘lalardagi yong‘in xavfsizligi tekshiriladi

© MChS UzbekistanaViloyat ishchi guruhi va shtab
Viloyat ishchi guruhi va shtab - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.07.2023
Obuna bo‘lish
29 iyul kuni viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi binosida viloyat ishchi guruhi hamda shtab tashkil qilindi.
TOShKENT, 30-iyul — Sputnik. Farg‘ona shahridagi baxtsiz hodisalarning oldini olish hamda kamchiliklarni aniqlash yuzasidan ishchi guruh hamda shtab tashkil qilindi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
© MChS UzbekistanaViloyat ishchi guruhi va shtab
V Fergane sozdani rabochaya gruppa i shtab - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.07.2023
Viloyat ishchi guruhi va shtab
Ta’kidlanishicha, 25 ta tuzilgan ishchi guruhning har biriga 11 nafardan mutaxassis biriktirildi. Ular savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, o‘quv markazlari, ko‘ngilochar servis shoxobchalarining yong‘in xavfsizligi va sanitariya holatini xatlovdan o‘tkazadi. Bunda 73 ta mahalla fuqarolar yig‘ini qamrab olinadi.
© MChS UzbekistanaViloyat ishchi guruhi va shtab
V Fergane sozdani rabochaya gruppa i shtab - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.07.2023
Viloyat ishchi guruhi va shtab
29 iyul kuni Farg‘ona shahridagi 4 qavatli bino yerto‘lasida joylashgan karaoke kafesida yong‘in sodir bo‘ldi. Oqibatida 6 nafar fuqaro halok bo‘ldi. Ular tutundan zaharlanish oqibatida halok bo‘lgani aytilmoqda.
Yong‘in sabablarini o‘rganish bo‘yicha Hukumat komissiyasi tuzilgan. Hodisa yuzasidan jinoiy ish ochilgan.
Yangiliklar lentasi
0