https://oz.sputniknews.uz/20230730/bmt-dinlararo-bagrikenglik-rezolyutsiyasi-ozbekiston-37380123.html
BMT dinlararo bag‘rikenglik rezolyutsiyasini qabul qildi: O‘zbekiston hammualliflaridan biri
BMT dinlararo bag‘rikenglik rezolyutsiyasini qabul qildi: O‘zbekiston hammualliflaridan biri
Sputnik O‘zbekiston
25 iyul kuni BMT Bosh Assambleyasi 77-sessiyasining yalpi majlisida "Nafrat so‘zlariga qarshi kurashish kontekstida dinlararo va madaniyatlararo muloqot va bag‘rikenglikni qo‘llab-quvvatlash" rezolyutsiyasi konsensus asosida qabul qilindi.Rezolyutsiya har ikki yilda, an’anaviy ravishda Marokash delegatsiyasi tashabbusi bilan qabul qilinadi.Rezolyutsiya 49 ta davlat tomonidan tayyorlandi. Ular orasida O‘zbekiston ham bor.
2023-07-30T11:42+0500
2023-07-30T11:42+0500
2023-07-30T11:42+0500
siyosat
bmt
o‘zbekiston
diniy erkinlik
islom dini
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/0e/23970198_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_d20bd3581a418a55560e9ad4f5c3bbcf.jpg
TOShKENT, 30-iyul — Sputnik. 25-iyul kuni BMT Bosh Assambleyasi 77-sessiyasining yalpi majlisida "Nafrat so‘zlariga qarshi kurashish kontekstida dinlararo va madaniyatlararo muloqot va bag‘rikenglikni qo‘llab-quvvatlash" rezolyutsiyasi konsensus asosida qabul qilindi.Rezolyutsiya har ikki yilda, an’anaviy ravishda Marokash delegatsiyasi tashabbusi bilan qabul qilinadi.Rezolyutsiya 49 ta davlat tomonidan tayyorlandi. Ular orasida O‘zbekiston ham bor.Shuningdek, rezolyutsiyani tayyorlashda Turkiya, Ozarbayjon, Xitoy, Pokiston, Bahrayn, Iordaniya, Iroq, Misr, BAA, O‘mon, Saudiya Arabistoni, Qatar va Kuvayt, ayrim Afrika davlatlari, Markaziy Osiyoning barcha davlatlari hammuallif sifatida qatnashdi.Rezolyutsiyada Qur’onni tahqirlash holatlari, diniy kamsitish, nafrat va zo‘ravonlik holatlari ko‘payganidan xavotir bildirilgan. Ularni amalga oshirgan shaxslar kim bo‘lishidan qat’i nazar, islomofobiyadan motivatsiya olgani qayd etilgan.Rezolyutsiyaning asosiy maqsadi va chorlovi – diniy ramzlar, muqaddas kitoblar, uy-joy, korxonalar, mulk, maktablar, madaniyat markazlari yoki ibodat joylariga qarshi qaratilgan zo‘ravonlik harakatlarini, shuningdek, xalqaro huquq meyorlariga zid ravishda diniy obidalar, diqqatga sazovor joylar va ziyoratgohlarga hujumlarni qoralashdan iborat.Rezolyutsiya bilan har yili fevral oyining birinchi haftasini barcha dinlar, konfessiyalar va konfessiyalar o‘rtasida uyg‘un konfessiyalararo munosabatlar Butunjahon haftaligi deb e’lon qilinishi qo‘llab-quvvatlandi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/0e/23970198_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_4a1b01155f992c76f14ec182ee601d5f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
bmt o‘zbekiston rezolyutsiya
bmt o‘zbekiston rezolyutsiya
BMT dinlararo bag‘rikenglik rezolyutsiyasini qabul qildi: O‘zbekiston hammualliflaridan biri
Rezolyutsiyada Qur’onni tahqirlash holatlari, diniy kamsitish, nafrat va zo‘ravonlik holatlari ko‘payganidan xavotir bildirilgan.
TOShKENT, 30-iyul — Sputnik. 25 iyul kuni BMT Bosh Assambleyasi 77-sessiyasining yalpi majlisida "Nafrat so‘zlariga qarshi kurashish kontekstida dinlararo va madaniyatlararo muloqot va bag‘rikenglikni qo‘llab-quvvatlash" rezolyutsiyasi konsensus asosida qabul qilindi.
Rezolyutsiya har ikki yilda, an’anaviy ravishda Marokash delegatsiyasi tashabbusi bilan qabul qilinadi.
Rezolyutsiya 49 ta davlat tomonidan tayyorlandi. Ular orasida O‘zbekiston ham bor.
Shuningdek, rezolyutsiyani tayyorlashda Turkiya, Ozarbayjon, Xitoy, Pokiston, Bahrayn, Iordaniya, Iroq, Misr, BAA, O‘mon, Saudiya Arabistoni, Qatar va Kuvayt, ayrim Afrika davlatlari, Markaziy Osiyoning barcha davlatlari hammuallif sifatida qatnashdi.
Rezolyutsiyada Qur’onni tahqirlash holatlari, diniy kamsitish, nafrat va zo‘ravonlik holatlari ko‘payganidan xavotir bildirilgan. Ularni amalga oshirgan shaxslar kim bo‘lishidan qat’i nazar, islomofobiyadan motivatsiya olgani qayd etilgan.
Rezolyutsiyaning asosiy maqsadi va chorlovi – diniy ramzlar, muqaddas kitoblar, uy-joy, korxonalar, mulk, maktablar, madaniyat markazlari yoki ibodat joylariga qarshi qaratilgan zo‘ravonlik harakatlarini, shuningdek, xalqaro huquq meyorlariga zid ravishda diniy obidalar, diqqatga sazovor joylar va ziyoratgohlarga hujumlarni qoralashdan iborat.
Rezolyutsiya bilan har yili fevral oyining birinchi haftasini barcha dinlar, konfessiyalar va konfessiyalar o‘rtasida uyg‘un konfessiyalararo munosabatlar Butunjahon haftaligi deb e’lon qilinishi qo‘llab-quvvatlandi.