https://oz.sputniknews.uz/20230730/birinchi-avgust-nimalar-ozgaradi-37382062.html
Birinchi avgustdan nimalar o‘zgaradi
Birinchi avgustdan nimalar o‘zgaradi
Sputnik O‘zbekiston
Tibbiyot muassasalaridagi yangi lavozimlar paydo bo‘ladi, ota-onalarning farzandi ta’limi uchun sarflagan to‘lovi daromad solig‘idan ozod etiladi – batafsil maqolada.
2023-07-30T16:56+0500
2023-07-30T16:56+0500
2023-07-30T16:56+0500
jamiyat
o‘zbekiston
nimalar o‘zgaradi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/05/15946807_0:304:2559:1743_1920x0_80_0_0_84262e4cd551350b3239556a81103aa7.jpg
TOShKENT, 30-iyul — Sputnik. 1-avgustdan O‘zbekiston qonunchiligida qator o‘zgarishlar kuchga kiradi.Tibbiyot muassasalaridagi yangi lavozimlarAyrim tibbiyot muassasalarida quyidagilar lavozimlar joriy etiladi:Ota-onalar daromad solig‘idan ozod etiladi1 avgustdan soliq to‘lovchilar tomonidan yoshidan qat’i nazar farzandlarining O‘zbekiston ta’lim tashkilotlarida ta’lim olishlari uchun yo‘naltiriladigan to‘lovlar soliq solinmaydigan daromadlar toifasiga kiritiladi. Ushbu tartib ta’limning barcha bosqichlari — maktabgacha, maktab va oliy ta’lim tizimiga joriy etiladiElektron platforma“Suv omborlarida seysmologik kuzatuvlarni amalga oshirish elektron platformasi” ishga tushiriladi.Suv omborlarida ishlovchi mas’ul xodimlarning seysmologik va seysmometrik kuzatuvlarni amalga oshirish va birlamchi tahlil qilish bo‘yicha har 2-yilda malakasini oshirish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.Davlat organlari rahbarlari o‘qitiladiDavlat organlarining birinchi rahbarlari raqamli texnologiyalarni keng joriy etish va loyihalarni samarali amalga oshirish bo‘yicha Davlat boshqaruvi akademiyasida qisqa muddatli kurslarda o‘qitiladi.Yoshlarga kompyuter xaridi uchun ajratiladigan mablag‘ kartaga o‘tkazilishi mumkinYoshlarga kompyuter xaridlari uchun ajratiladigan mablag‘lar hisobidan mikroqarz shaklida, “Yoshlar daftari” va Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi jamg‘armalari hisobidan beriladigan subsidiya mablag‘larini ijtimoiy kontrakt asosida yoshlar xohishiga ko‘ra alohida ochilgan bank kartasiga (naqdlashtirish imkoniyatisiz) o‘tkazishga ruxsat beriladi.Ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimlari modernizatsiyasiLoyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgan va loyiha konsepsiyalari tasdiqlangan tuman (shahar)lardagi ijtimoiy soha obyektlarining issiqlik tizimlarini davlat-xususiy sheriklik asosida bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish ishlarini boshlanadi.Ijtimoiy soha obyektlarida O‘zbekistonda 1-yil sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgan va xizmat qilish kafolati kamida 15-yilni tashkil qiladigan qozonlar o‘rnatiladi.Davlat organlarining IT-sohasida ishlovchi malakali xodimlariga ustamalar to‘lanadiQonunchilikka ko‘ra, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi xalqaro sertifikatga ega davlat organlari va boshqa budjet tashkilotlarining axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish uchun mas’ul xodimlariga o‘rnatilgan ustamalarga qo‘shimcha ravishda lavozim maoshiga nisbatan 20 foiz miqdorda ustama to‘lanadi.Alkogol ishlab chiqaruvchilarga qo‘shimcha talabEndi ishlab chiqaruvchilar alkogol mahsulotlarining tovar belgilari Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi guvohnomaga ega bo‘lishlari shart.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/05/15946807_0:64:2559:1983_1920x0_80_0_0_8bea025843c3b83bb3f1db019b09ae93.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
1 avgust qonunchilik yangiliklari o‘zgarishlari o‘zbekiston
1 avgust qonunchilik yangiliklari o‘zgarishlari o‘zbekiston
Birinchi avgustdan nimalar o‘zgaradi
Tibbiyot muassasalaridagi yangi lavozimlar paydo bo‘ladi, ota-onalarning farzandi ta’limi uchun sarflagan to‘lovi daromad solig‘idan ozod etiladi – batafsil maqolada.
TOShKENT, 30-iyul — Sputnik. 1 avgustdan O‘zbekiston qonunchiligida qator o‘zgarishlar kuchga kiradi.
Tibbiyot muassasalaridagi yangi lavozimlar
Ayrim tibbiyot muassasalarida quyidagilar lavozimlar joriy etiladi:
tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarida – tibbiy psixolog;
statsionar o‘ringa ega bo‘lmagan ruhiy-asab kasalliklari dispanserlari va tarkibida dispanser mavjud bo‘lgan ruhiy kasalliklar shifoxonalarida – suitsidolog;
statsionar o‘ringa ega bo‘lgan ruhiy-asab kasalliklari dispanserlari va ruhiy kasalliklar shifoxonalarida – qabul bo‘limi shifokori, navbatchi psixiatr, tibbiy psixolog yoki psixoterapevt shtatlari.
Ota-onalar daromad solig‘idan ozod etiladi
1 avgustdan soliq to‘lovchilar tomonidan yoshidan qat’i nazar farzandlarining O‘zbekiston ta’lim tashkilotlarida ta’lim olishlari uchun yo‘naltiriladigan to‘lovlar soliq solinmaydigan daromadlar toifasiga kiritiladi. Ushbu tartib ta’limning barcha bosqichlari — maktabgacha, maktab va oliy ta’lim tizimiga joriy etiladi
“Suv omborlarida seysmologik kuzatuvlarni amalga oshirish elektron platformasi” ishga tushiriladi.
Suv omborlarida ishlovchi mas’ul xodimlarning seysmologik va seysmometrik kuzatuvlarni amalga oshirish va birlamchi tahlil qilish bo‘yicha har 2-yilda malakasini oshirish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
Davlat organlari rahbarlari o‘qitiladi
Davlat organlarining birinchi rahbarlari raqamli texnologiyalarni keng joriy etish va loyihalarni samarali amalga oshirish bo‘yicha Davlat boshqaruvi akademiyasida qisqa muddatli kurslarda o‘qitiladi.
Yoshlarga kompyuter xaridi uchun ajratiladigan mablag‘ kartaga o‘tkazilishi mumkin
Yoshlarga kompyuter xaridlari uchun ajratiladigan mablag‘lar hisobidan mikroqarz shaklida, “Yoshlar daftari” va Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi jamg‘armalari hisobidan beriladigan subsidiya mablag‘larini ijtimoiy kontrakt asosida yoshlar xohishiga ko‘ra alohida ochilgan bank kartasiga (naqdlashtirish imkoniyatisiz) o‘tkazishga ruxsat beriladi.
Ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimlari modernizatsiyasi
Loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgan va loyiha konsepsiyalari tasdiqlangan tuman (shahar)lardagi ijtimoiy soha obyektlarining issiqlik tizimlarini davlat-xususiy sheriklik asosida bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish ishlarini boshlanadi.
Ijtimoiy soha obyektlarida O‘zbekistonda 1-yil sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgan va xizmat qilish kafolati kamida 15-yilni tashkil qiladigan qozonlar o‘rnatiladi.
Davlat organlarining IT-sohasida ishlovchi malakali xodimlariga ustamalar to‘lanadi
Qonunchilikka ko‘ra, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi xalqaro sertifikatga ega davlat organlari va boshqa budjet tashkilotlarining axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish uchun mas’ul xodimlariga o‘rnatilgan ustamalarga qo‘shimcha ravishda lavozim maoshiga nisbatan 20 foiz miqdorda ustama to‘lanadi.
Alkogol ishlab chiqaruvchilarga qo‘shimcha talab
Endi ishlab chiqaruvchilar alkogol mahsulotlarining tovar belgilari Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi guvohnomaga ega bo‘lishlari shart.