O‘zbekiston har bir turist uchun turoperatorlarga subsidiya ajratadi — miqdor va shartlar

© Sputnik / Sergey Patakov / Mediabankka o‘tishBuxorodagi "Minorai kalon" me’moriy yodgorligi
Buxorodagi Minorai kalon me’moriy yodgorligi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.07.2023
Obuna bo‘lish
Turoperatorlarga O‘zbekistonga olib kelingan har bir turist uchun 20 dollardan 100 dollargacha rag‘batlantiruvchi subsidiya ajratiladi.
TOShKENT, 29-iyul — Sputnik. O‘zbekiston xorijdan kelgan har bir turist uchun turoperatorlarga subsidiya ajratadi. Bu haqda prezident imzolagan PQ–238-sonli qarorda nazarda tutilgan.
Qarorga ko‘ra, 2024-yil 1-yanvardan:
turoperatorlar tomonidan turistik oqim past bo‘lgan xorijiy mamlakatlardan O‘zbekistonga olib kelingan har bir turist uchun teng ulushlarda 20 dollardan 100 dollargacha rag‘batlantiruvchi subsidiya ajratiladi;
turoperatorlar va aviatashuvchilarning xorijdan Samarqand, Buxoro va Urganch aeroportlariga charter aviaqatnovlari bo‘yicha xarajatlarining bir qismi har bir xorijiy turist uchun, u respublikada kamida 5 kecha tunab qolgan taqdirda, 20 dollar, qish mavsumida (20 noyabrdan 20-fevralgacha) esa 50 dollar ekvivalentida teng ulushlarda qoplab beriladi.
Shuningdek, 3 yulduzli toifa uchun 60 ta xonadan kam bo‘lmagan, 4 va 5 yulduzli toifa uchun 120 ta xonadan kam bo‘lmagan xonalar fondiga ega besh qavatdan past bo‘lmaganmehmonxona 2026-yil 31-dekabrgacha foydalanishga topshirilgan taqdirda, mehmonxona toifasi tasdiqlangach, xarajatlar qoplab beriladi.
Investorlarning yangi mehmonxonani qurish va jihozlash uchun ketgan xarajatlarining bir qismi quyidagi miqdorlarda qoplab beriladi:
3 yulduzli toifaga ega mehmonxonalardagi har bir xona uchun 40 million so‘m;
4 va 5 yulduzli toifaga ega mehmonxonalardagi har bir xona uchun 65 million so‘m.
2026 yil 31-dekabrgacha dunyoning nufuzli mehmonxona brendlaridan (mehmonxona brendlarining top-50 va mehmonxona tarmoqlarining top-5 reytingiga kirgan) foydalanuvchi O‘zbekiston rezidentlari bo‘lgan tashkilotlarning royalti xarajatlari franchayzing to‘g‘risidagi shartnoma kuchga kirgan vaqtdan 3-yil mobaynida quyidagi miqdorda qisman moliyalashtiriladi:
3 yulduzli toifaga ega mehmonxona uchun – mehmonxonaning har bitta xonasi uchun yillik 200 dollar ekvivalentida;
4 yulduzli toifaga ega mehmonxona uchun – mehmonxonaning har bitta xonasi uchun yillik 400 dollar ekvivalentida;
5 yulduzli toifaga ega mehmonxona uchun – mehmonxonaning har bitta xonasi uchun yillik 600 dollar ekvivalentida.
2024 yil 1-yanvardan nogironligi bo‘lgan shaxslarning sayohat qilishlari uchun qulay muhit yaratishga qaratilgan “To‘siqsiz turizm” dasturiamalga oshiriladi.
2026 yil 1-iyulgacha quyidagi shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i stavkalari ushbu soliqlar bo‘yicha hisoblangan summaning 1 foizi miqdorida belgilanadi.
Yetib borish qiyin bo‘lgan va chekka joylarda (aholi yashash punktlaridan kamida 10 km yoki qattiq qoplamali avtomobil yo‘llaridan 5 km uzoqlikda) alohida avtonom infratuzilmani yaratgan holda kempinglar tashkil etgan;
“Safari” turizmi xizmatlarini ko‘rsatadigan.
2023/2024 o‘quv yilidan har yili “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga 10 milliard so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda mablag‘lar ajratib boriladi.
Mablag‘lar Shanxay hamkorlik tashkiloti va Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar hamda Buyuk ipak yo‘lida joylashgan davlatlar fuqarolari magistraturada davlat granti asosida ta’lim olishlari uchun sarflanadi.
2023 yil 1-sentabrdan quyidagi talablar bekor qilinadi:
turagentlarning elektron to‘lovlar, bron qilish xizmatlarini ko‘rsatadigan kamida ikkita xorijiy tildagi veb-saytga ega bo‘lishi;
turoperatorlarning elektron to‘lovlar xizmatlarini ko‘rsatadigan veb-saytga ega bo‘lishi.
Yangiliklar lentasi
0