Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan turli millat faollari mukofotlandi — ro‘yxat

© Komitet po mejnatsionalnim otnosheniyam i drujestvennim svazam s zarubejnimi stranamiXalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan turli millat faollari mukofotlandi
Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan turli millat faollari mukofotlandi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.07.2023
Obuna bo‘lish
Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan 26 nafar faol mukofotlandi.
TOShKENT, 29-iyul — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan 26 nafar faolni mukofotladi. Bu haqda davlat rahbari imzolagan tegishli farmonda nazarda tutilgan.
Mazkur mukofot faollarga mamlakatda millatlararo do‘stlik va totuvlikni, turli millat va elat vakillari o‘rtasidagi o‘zaro hamjihatlik, mehr-oqibat muhitini asrash, milliy madaniyatlar, urf-odat va an’analarni rivojlantirish borasidagi katta xizmatlari uchun berildi.
"Do‘stlik" ordeni bilan:
1.
Allaberganov Bekman - Amudaryo tumani nuroniylar jamoatchilik kengashi raisining o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi;
2.
Altunina Larisa Mixaylovna - O‘zbekiston rus milliy madaniy markazining Olmaliq shahar bo‘limi raisi, Toshkent viloyati;
3.
Bayjanov Yaxshibay Abadovich - "Tuyamo‘yin gidroelektrostansiyasi" unitar korxonasining turbina sexi elektrogaz payvandchisi, Xorazm viloyati;
4.
Balayeva Sevil Alislam kizi - Respublika ozarbayjon milliy madaniy markazining Navoiy viloyati bo‘limi raisi;
5.
Dovgun Oksana Ivanovna - "Slavutich" Respublika ukrain milliy madaniy markazi raisining o‘rinbosari;
6.
Duras Eleni Anastasios - Toshkent shahar grek madaniyati jamiyati boshqaruv kengashi a’zosi;
7.
Yembergenova Gulnara Sabirbayevna - Qoraqalpog‘iston Respublikasi "Orol oltin merosi" jamoat birlashmasi rahbari;
8.
Isxakov Abram Borisovich - Buxoro yahudiylari jamiyati raisi, Buxoro viloyati;
9.
Kapadze Taxir Vasilyevich - Farg‘ona viloyati turk milliy madaniy markazi raisi;
10.
Karipova Raliya Talgatovna - Toshkent shahar boshqird milliy madaniy markazi boshqaruv kengashi a’zosi;
11.
Kravchenya Gennadiy Nikolayevich - Termiz shahridagi "Geniy-Termiz" mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Surxondaryo viloyati;
12.
Markaran Garik Muradovich - Samarqand shahar "Luys" arman milliy madaniy markazi boshqaruv kengashi a’zosi;
13.
Maxkamova Riskiniso Zoidovna - Chust tumanidagi "Andalus agro dunyo" fermer xo‘jaligi pillachisi, Namangan viloyati;
14.
Maxmudov Erkin Kasimovich - O‘zbekiston uyg‘ur milliy madaniy markazi raisining o‘rinbosari;
15.
Nazarova Bozor - Respublika tojik milliy madaniy markazining Jizzax viloyati bo‘limi a’zosi;
16.
Olloberdiyev Muqumboy Mavlonovich - Qashqadaryo viloyati arab milliy madaniy markazi boshqaruv kengashi a’zosi;
17.
Razmadze Vladimir Georgiyevich - "Megobroba" Toshkent shahar gruzin madaniyat markazi boshqaruv kengashi a’zosi;
18.
Smesova Yekaterina Aleksandrovna - O‘zbekiston rus milliy madaniy markazining Andijon viloyati bo‘limi raisi o‘rinbosari;
19.
Topchiyev Jamolidin Sotiboldiyevich - Xonobod shahridagi "Xidirsha" mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Andijon viloyati;
20.
Fazilova Klara Bayburiyevna - O‘zbekiston qozoq milliy madaniy markazining Sirdaryo viloyati bo‘limi raisi;
21.
Xan Margarita Lyurevna - O‘zbekiston koreys milliy madaniy markazlari uyushmasining "Koryo" ansambli badiiy rahbari;
II darajali "Sog‘lom avlod uchun" ordeni bilan:
1.
Kogay Marina Aleksandrovna - O‘zbekiston koreys milliy madaniy markazlari uyushmasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘linmasi raisi.
"Shuhrat" medali bilan:
1.
Daukayeva Ilvira Gamirovna - Bektemir tumanidagi 30-bolalar musiqa va san’at maktabining aktorlik mahorati bo‘yicha o‘qituvchisi, Toshkent shahri;
2.
Lopatin Sergey Mixaylovich - "Buxoro neftni qayta ishlash zavodi" mas’uliyati cheklangan jamiyatining asosiy ishlab chiqarish sexi mexanigi, Buxoro viloyati;
3.
Xutova Kulina Mudalifovna - Zafarobod tumanidagi "Chimqo‘rg‘on" qishloq fuqarolar yig‘inining xotin-qizlar faoli, Jizzax viloyati;
4.
Ergasheva Maxbuba Xotambekovna - Samarqand davlat universitetining falsafa va milliy g‘oya kafedrasi dotsenti, Samarqand viloyati.
Yangiliklar lentasi
0