Bugun Toshkentning Sergeli va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida elektr ta’minoti o‘chiriladi

© Hududiy elektrtarmoqlari Toshkent shahar filialiElektr tarmoqlari
Elektr tarmoqlari  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.07.2023
Obuna bo‘lish
Sergeli tumanida soat 09:00dan, Mirzo Ulug‘bek tumanida esa 10:00 dan "svet" bo‘lmaydi.
TOShKENT, 29-iyul — Sputnik. Bugun Sergeli va Mirzo Ulug‘bek tumanlarining ayrim joylarida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda "Hududiy elektr tarmoqlari" Toshkent shahar filiali xabar berdi.
Kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida poytaxtning ikkita tumanidagi MFYlarning qator ko‘chalarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:
Sergeli tumani: "Oltin vodiy" MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 14:00 gacha;
Mirzo Ulug‘bek tumani: "Oqqorg‘on" MFYning ayrim ko‘chalarida soat 10:00 dan 15:00 gacha.
Xabarda, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi aytilgan.
Yangiliklar lentasi
0