Test sinovlari uchun ajratilgan binolar soni ma’lum bo‘ldi

© SputnikTest sinovlari jarayoni
Test sinovlari jarayoni - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.07.2023
Obuna bo‘lish
2023-2024 o‘quv yili uchun OTMlarga kirish test sinovlari respublika bo‘yicha 72 ta binoda bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 29-iyul — Sputnik. Test sinovlari 72 ta binoda o‘tkaziladi. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2023-2024 o‘quv yili uchun OTMlarga kirish test sinovlari respublika bo‘yicha 72 ta binoda bo‘lib o‘tadi.
Bunda:
bir smenada 1 274 ta guruhda 38 220 nafar;
bir kunda (ikki smenada) 2 548 ta guruhda 76 440 nafar abituriyent test sinovida ishtirok etadi.
Test sinovlari barcha hududlarda 1-avgust kuni boshlanib, hududlardagi abituriyentlar soni va binolar sig‘imidan kelib chiqqan holda 11 kundan 13 kungacha davom etadi.
Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim. Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.uzbmb.uz saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishlari mumkin.
Eslatib o‘tamiz, kirish test sinovlarini ochiq va shaffof o‘tishini ta’minlash maqsadida keng jamoatchilik orasidan 3 500 nafarga yaqin nomzod guruh nazoratchisi sifatida jalb etiladi. Shuningdek, eshitish va nutqida nuqsoni bo‘lgan abituriyentlarni surdotarjimon xizmatlari bilan ta’minlash maqsadida 127 nafar surdotarjimon bilan shartnoma tuzildi.
O‘zbekistonda o‘tkaziladigan test sinovida ishtirok etuvchi abituriyentlar soni 948 486 nafarni tashkil etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0