Rossiya qo‘shinlari Ukraina qurolli kuchlarining Zaporoje yo‘nalishidagi hujumini qaytardi

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Mediabankka o‘tishRabota artillerii VS RF v zone SVO
Rabota artillerii VS RF v zone SVO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.07.2023
Obuna bo‘lish
Ukraina qo‘shinlari Staromayorskoe qishlog‘i hududida katta yo‘qotishlarga duch kelishdi.
TOShKENT, 29-iyul — Sputnik. Ukraina Qurolli Kuchlari Zaporoje viloyatidagi Staromayorskoe hududida hujum qilishga urindi, ammo katta yo‘qotishlarga uchradi. Bu haqda gubernator vazifasini bajaruvchi Yevgeniy Baliskiy ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.

“Vremevskiy yo‘nalishida, Staromayorskoe aholi punkti hududida dushman ikkita hujum brigadasi kuchlaridan foydalanib, bizning pozitsiyalarimizga hujum qilishga urindi. Yigitlarimiz jang davomida dushmanni orqaga qaytarib yuborishdi. Dushman katta insoniy yo‘qotishlarga uchradi”, deb yozdi Baliskiy.

Uning fikricha, Kiyev Urojaynoe va Staromlinovka yo‘nalishidagi hujumda ustunlikka ega bo‘lish uchun Staromayorskoyeda pozitsiyalarni egallashni kutmoqda.
“Ammo ularning hisob-kitobi hech qachon ularning kuchlari bunday hujumlar uchun juda kichik ekanligini hisobga olmaydi”, deyilgan xabarda.
Shuningdek, himoya kuchliligi, harbiylar tayyorgarligi va ruhiyati yuqori ekanligi, dushmanni mag‘lub etishda davom etishlari qo‘shimcha qilingan.
Yangiliklar lentasi
0