Nukusda ilmiy-tadqiqot ekspeditsiyasi o‘tkazilmoqda — izlanishlar nima uchun kerak?

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaMo‘ynoq
Mo‘ynoq - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.07.2023
Obuna bo‘lish
Ekspeditsiyadan ko‘zlangan maqsad Nukus tumanida biodizayn sohasida ilmiy izlanishlar olib borish va Orol dengizini o‘rganishdan iborat.
TOShKENT, 29-iyul — Sputnik. Nukusda landshaftning moddiyligiga bag‘ishlangan ilmiy-tadqiqot ekspeditsiyasi o‘tkazilmoqda. Bu haqda Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi xabar berdi.
Nukusda 27 — 31-iyul kunlari landshaftning moddiyligiga bag‘ishlangan ilmiy-tadqiqot ekspeditsiyasi o‘tkaziladi.
Ekspeditsiyadan ko‘zlangan maqsad Nukus tumanida biodizayn sohasida ilmiy izlanishlar olib borish va Orol dengizini o‘rganishdan iborat.
Mutaxassislar mintaqaning atrof-muhit, madaniyati va tarixiy merosidan bevosita ilhomlanishlari iqlim o‘zgarishi va atrof-muhitning tanazzuli sharoitida barqarorlik va chidamlilikni rag‘batlantiruvchi innovatsion loyiha yechimlarini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
“Jamoa o‘z tadqiqotlarida kishilar va buyumlarning o‘zaro uyg‘unligiga urg‘u beruvchi moddiy madaniyatni tadqiq etishning antropologik an’analariga tayanadi. Landshaft murakkab qatlam bo‘lgani bois moddiy obyekt sifatida idrok etilishi va boshqarilishi mumkin emas. Aksincha u biz istiqomat qilayotgan, harakatlanayotgan va mushohada yuritayotgan muhitni aks ettiradi. Bizlar bir vaqtning o‘zida ham landshaftning bir qismi bo‘lib, ham undan farqlanamiz. Bu bizning o‘zimizni-o‘zimiz anglash va kechinmalarimizga ta’sir etadi”, deyiladi xabarda.
Tadqiqot loyihasida 8 mamlakatdan “Formafantasma”, “IM A Studio”, “Applied Ingredients” dizayn burolari vakillari, Andrea Trimarki, Simone Farrezin, Sissel Tolaas, Katya Briskina, Shohruh Rahimov, Manuyel Korrea, Ivan Dubkov, Mi Yu, Patrishiya Rid, Rahesh Ram, Yuliya Gromova, Geri Chjesi Chjan kabi malakali rassom, me’mor, olim, tadqiqotchi va yozuvchilar ishtirok etishadi.
Yangiliklar lentasi
0