Farg‘onada sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

FVV - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.07.2023
Obuna bo‘lish
Sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa yuzasidan Fargona viloyati prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.
TOShKENT, 29-iyul — Sputnik. Farg‘onada sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh vazirning tegishli farmoyishida nazarda tutilgan.
Sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa yuzasidan Fargona viloyati prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.
Voqeani o‘rganish va jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish maqsadida tuzilgan Hukumat komissiyasi baxtsiz hodisa oqibatida vafot etganlarning oila a’zolariga hamda jabrlanganlarga tibbiy, moddiy, psixologik va boshqa yorlamlar ko‘rsatadi.
Shuningdek, baxtsiz hodisa yuz berishining texnik va tashkiliy sabablari o‘rganiladi.
Eslatib o‘tamiz, bugun soat 11:00 larla Farg‘ona shahrining "Mash’al" MFY, Sayilgoh ko‘chasi, 24-uy manzilida joylashgan 4 qavatli binoning yerto‘lasida joylashgan "Karaoke"da taxminan 40 kv.m. maydonda ichki jihozlar yongan. Buning oqibatida 6 nafar fuqaro halok bo‘lgan, 7 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yuborilgan.
O‘zbekiston prezidentining topshirig‘iga asosan sodir bo‘lgan voqeani o‘rganish va jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.Ramatov boshchiligida Hukumat komissiyasi tuzilgan va Farg‘ona viloyatiga jo‘nab ketgan.
Yangiliklar lentasi
0