https://oz.sputniknews.uz/20230729/fargona-yangi-ozbekiston-massiv-bog-suniy-kol-37367206.html
Farg‘onada ekoshahar qurilmoqda — 70 gektar maydonda nimalar barpo etiladi?
Farg‘onada ekoshahar qurilmoqda — 70 gektar maydonda nimalar barpo etiladi?
Sputnik O‘zbekiston
“Yangi O‘zbekiston” massividagi 70 gektar maydonda bog‘ va sun’iy ko‘l barpo qilinadi.
2023-07-29T09:44+0500
2023-07-29T09:44+0500
2023-07-29T09:44+0500
jamiyat
o‘zbekiston
farg‘ona viloyati
shavkat mirziyoyev
sun’iy ko‘l
bog‘
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/1d/37367385_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_3992bb5389867090de0a23815474d474.jpg
TOShKENT, 29-iyul — Sputnik. Farg‘onadagi “Yangi O‘zbekiston” massivida sun’iy ko‘l barpo etiladi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga tashrif chog‘ida “Yangi O‘zbekiston” massivi qurilishi ishlarining borishi ko‘zdan kechirildi.Aytilishicha, bugungi kunda 300 gektarli ulkan maydonda jadal qurilish ketmoqda. Bu yerda 65 mingdan ziyod aholiga mo‘ljallangan 298 ta ko‘p qavatli uy quriladi.Shuningdek, hududda maktablar, maktabgacha ta’lim va tibbiyot muassasalari, savdo va maishiy xizmat shoxobchalari, sport majmuasi bo‘ladi. 50 gektarda tashkil etiladigan kichik sanoat zonasi aholini ish bilan ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.Massiv o‘ziga xos ekoshahar bo‘ladi - 70 gektar maydonda “Yangi O‘zbekiston bog‘i” va sun’iy ko‘l barpo qilinadi. Bo‘sh maydonlarga ham daraxtlar ekiladi. Sun’iy ko‘l atrofida so‘lim xiyobon tashkil etiladi.Prezident Farg‘ona viloyatiga tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.
o‘zbekiston
farg‘ona viloyati
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/1d/37367385_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_92e3f7270b472a4d92516af2a592b144.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
farg‘ona “yangi o‘zbekiston” massivi bog‘ sun’iy ko‘l shavkat mirziyoyev
farg‘ona “yangi o‘zbekiston” massivi bog‘ sun’iy ko‘l shavkat mirziyoyev
Farg‘onada ekoshahar qurilmoqda — 70 gektar maydonda nimalar barpo etiladi?
“Yangi O‘zbekiston” massividagi 70 gektar maydonda bog‘ va sun’iy ko‘l barpo qilinadi.
TOShKENT, 29-iyul — Sputnik. Farg‘onadagi “Yangi O‘zbekiston” massivida sun’iy ko‘l barpo etiladi, deya xabar berdi davlat rahbari
matbuot xizmati. Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga tashrif chog‘ida “Yangi O‘zbekiston” massivi qurilishi ishlarining borishi ko‘zdan kechirildi.
Aytilishicha, bugungi kunda 300 gektarli ulkan maydonda jadal qurilish ketmoqda. Bu yerda 65 mingdan ziyod aholiga mo‘ljallangan 298 ta ko‘p qavatli uy quriladi.
“Bu yil massivda 73 ta uy barpo etilmoqda. Ularning dastlabkilari foydalanishga topshirilib bo‘ldi”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, hududda maktablar, maktabgacha ta’lim va tibbiyot muassasalari, savdo va maishiy xizmat shoxobchalari, sport majmuasi bo‘ladi. 50 gektarda tashkil etiladigan kichik sanoat zonasi aholini ish bilan ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.
Massiv o‘ziga xos ekoshahar bo‘ladi - 70 gektar maydonda “Yangi O‘zbekiston bog‘i” va sun’iy ko‘l barpo qilinadi. Bo‘sh maydonlarga ham daraxtlar ekiladi. Sun’iy ko‘l atrofida so‘lim xiyobon tashkil etiladi.
Prezident Farg‘ona viloyatiga tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.