https://oz.sputniknews.uz/20230728/ypx-xodimlari-javobgarlik-hududi-37351526.html
YPX xodimlarining javobgarlik hududi kengaytiriladi
YPX xodimlarining javobgarlik hududi kengaytiriladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati (IIV JXD YHXX) yo‘ldagi dislokatsiya tushunchasidan voz kechadi. “Barcha yo‘l-patrul xizmati xodimlari uchun mahallalarni qamrab oluvchi javobgarlik hududi belgilab qo‘yiladi”, - dedi davlat rahbari.
2023-07-28T19:04+0500
2023-07-28T19:04+0500
2023-07-28T19:04+0500
jamiyat
yo‘l-patrul xizmati (ypx)
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/01/24936158_0:0:2963:1667_1920x0_80_0_0_016a0d2cf1ad2e029544f4aec480d1bb.jpg
TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati (IIV JXD YHXX) yo‘ldagi dislokatsiya tushunchasidan voz kechadi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona shahridagi IIVning kengaytirilgan hay’at yig‘ilishida ma’lum qildi.Yig‘ilishda “Yo‘l harakati xavfsizligi – jamoatchilik nazoratida” tamoyili asosida yiliga kamida ikki marta ijtimoiy so‘rov o‘tkazish yo‘lga qo‘yilishi ta’kidlandi.Eng xavfli yo‘l va chorrahalar xaritasini shakllantirib, ularni tartibga solish uchun:Mutasaddilar va barcha viloyatlar hokimlariga bir oy muddatda konsultantlarni jalb qilib, hududidagi eng xavfli yo‘l va chorrahalarda tartib o‘rnatish loyihasini boshlashga ko‘rsatma berildi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/01/24936158_116:0:2847:2048_1920x0_80_0_0_b7b76b64069e9fcebf23e509967f6f96.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ypx xodimlari javobgarlik hududi
ypx xodimlari javobgarlik hududi
YPX xodimlarining javobgarlik hududi kengaytiriladi
Barcha yo‘l-patrul xizmati xodimlari uchun mahallalarni qamrab oluvchi javobgarlik hududi belgilab qo‘yiladi.
TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati (IIV JXD YHXX) yo‘ldagi dislokatsiya tushunchasidan voz kechadi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona shahridagi IIVning kengaytirilgan hay’at yig‘ilishida
ma’lum qildi. “Barcha yo‘l-patrul xizmati xodimlari uchun mahallalarni qamrab oluvchi javobgarlik hududi belgilab qo‘yiladi”, - dedi davlat rahbari.
Yig‘ilishda “Yo‘l harakati xavfsizligi – jamoatchilik nazoratida” tamoyili asosida yiliga kamida ikki marta ijtimoiy so‘rov o‘tkazish yo‘lga qo‘yilishi ta’kidlandi.
Eng xavfli yo‘l va chorrahalar xaritasini shakllantirib, ularni tartibga solish uchun:
nechta svetofor yoki qancha uzunlikdagi yo‘l to‘siqlari kerak;
qaysi hududlarga yer usti va yer osti piyoda yo‘laklari zarur;
harakat xavfsizligi uchun jiddiy xavf tug‘dirayotgan “yama” va “garmoshkalar”ni ta’mirlash uchun qancha mablag‘ zarur, degan savollarga aniq hisob-kitoblarini berish topshirildi.
Mutasaddilar va barcha viloyatlar hokimlariga bir oy muddatda konsultantlarni jalb qilib, hududidagi eng xavfli yo‘l va chorrahalarda tartib o‘rnatish loyihasini boshlashga ko‘rsatma berildi.