https://oz.sputniknews.uz/20230728/uy-hayvon-javobgarlik-37338975.html
Uy hayvonlariga nisbatan egalarining javobgarligi aniq belgilanadi
Uy hayvonlariga nisbatan egalarining javobgarligi aniq belgilanadi
Sputnik O‘zbekiston
Qonun loyihasi bilan sohaga oid huquqiy munosabatlari tartibga solish, uy hayvonlariga nisbatan mulkdorlarning javobgarligini aniq belgilash, tirik mavjudotlarga nisbatan insonparvarlik tamoyillarini shakllantirish ko‘zda tutilgan.Shuningdek, unda uy hayvonlarini ro‘yxatga olish, hisobini yuritish, chiplash, qarovsiz hayvonlarning hisobini yuritish va saqlashga doir normalar o‘z aksini topgan.
2023-07-28T15:28+0500
2023-07-28T15:28+0500
2023-07-28T17:38+0500
jamiyat
hayvonlar
qarovsiz hayvonlar muammosi
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/0a/35878341_0:0:3078:1731_1920x0_80_0_0_237718ff880c4e9ffcfc6b509cf09e0b.jpg
TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi “Hayvonlarni shafqatsiz munosabatdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini muhokama qildi.Ta’kidlanishicha, jamiyatda hayvonlarga, shu jumladan, uy hayvonlari va qarovsiz hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lish holatlari uchrab turibdi. Ularni chiplash, identifikatsiya, vaksinatsiya va sterilizatsiya qilishning zamonaviy tizimi yo‘lga qo‘yilmagan.Keyingi paytlarda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda tirik mavjudotlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish, ularni vahshiyona qiynash holatlari bot-bot ko‘zga tashlanmoqda. Bu esa keng jamoatchilikning keskin muhokamalariga sabab bo‘lmoqda.Samarqandda itni suvga uloqtirgan va buni tasvirga olgan shaxslar jarimaga tortildiShuningdek, unda uy hayvonlarini ro‘yxatga olish, hisobini yuritish, chiplash, qarovsiz hayvonlarning hisobini yuritish va saqlashga doir normalar o‘z aksini topgan.Yihilishda loyihaga uy hayvonlarini emlash va sterilizatsiya qilish, ayrim shaxslarni hayvonlari saqlash huquqidan mahrum qilish, hayvonlarga bo‘lgan munosabat sohasida davlat va jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga doir qator taklif va tavsiyalar bildirildi.Ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda mamlakatda 2,3 mln dan ziyod it va 46 mingdan ziyod mushuk mavjud. Joylarda uy hayvonlari egalari tomonidan rad etilishi, mushuk va itlarning nazoratsiz ko‘payishi natijasida qarovsiz hayvonlar soni yildan-yilga ortib bormoqda.Ma’lumotlarga ko‘ra, aholi punktlarida it va mushuk boqishning qoidalarini buzish bilan bog‘liq ma’muriy huquqbuzurliklar soni 2021-yilda 10,5 mingtani tashkil etgan bo‘lsa, 2022-yilda bo‘ ko‘rsatkich keskin oshib 142,6 mingtaga yetgan.Shuningdek, hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish bilan bog‘liq ma’muriy huquqbuzurliklar soni 2020-yilda 105 ta, 2021-yilda 190 ta, 2022-yilda 325 dan ziyodni tashkil egan.Shu bilan birga, hayvonlar tomonidan insonlarga zarar yetkazish, ularni tishlash holatlari ham oshib borib, 2021-yilda 44 ming, 2022-yilda esa 50 mingga yaqin holat qayd etilgan.Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda hayvonlarni qiynoqqa solish yoki azob berish 990 mingdan 1 mln 650 ming so‘mgacha jarimaga sabab bo‘ladi. Agar bu holat ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilsa, va hayvonlar o‘limiga yoki mayib bo‘lishiga olib kelsa, 16 mln 500 ming so‘mgacha jarimadan 6 oygacha ozodlikdan mahrum qilishga sabab bo‘lishi mumkin.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/0a/35878341_282:0:3013:2048_1920x0_80_0_0_f1a76aceed69a2a12b33e06b80254352.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
uy hayvonlari javobgarlik
uy hayvonlari javobgarlik
Uy hayvonlariga nisbatan egalarining javobgarligi aniq belgilanadi
15:28 28.07.2023 (yangilandi: 17:38 28.07.2023) Hujjatda unda uy hayvonlarini ro‘yxatga olish, chiplash, qarovsiz hayvonlarni saqlashga doir normalar o‘z aksini topgan.
TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi “Hayvonlarni shafqatsiz munosabatdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini
muhokama qildi. Ta’kidlanishicha, jamiyatda hayvonlarga, shu jumladan, uy hayvonlari va qarovsiz hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lish holatlari uchrab turibdi. Ularni chiplash, identifikatsiya, vaksinatsiya va sterilizatsiya qilishning zamonaviy tizimi yo‘lga qo‘yilmagan.
Keyingi paytlarda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda tirik mavjudotlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish, ularni vahshiyona qiynash holatlari bot-bot ko‘zga tashlanmoqda. Bu esa keng jamoatchilikning keskin muhokamalariga sabab bo‘lmoqda.
Qonun loyihasi bilan sohaga oid huquqiy munosabatlari tartibga solish, uy hayvonlariga nisbatan mulkdorlarning javobgarligini aniq belgilash, tirik mavjudotlarga nisbatan insonparvarlik tamoyillarini shakllantirish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, unda uy hayvonlarini ro‘yxatga olish, hisobini yuritish, chiplash, qarovsiz hayvonlarning hisobini yuritish va saqlashga doir normalar o‘z aksini topgan.
Yihilishda loyihaga uy hayvonlarini emlash va sterilizatsiya qilish, ayrim shaxslarni hayvonlari saqlash huquqidan mahrum qilish, hayvonlarga bo‘lgan munosabat sohasida davlat va jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga doir qator taklif va tavsiyalar bildirildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda mamlakatda 2,3 mln dan ziyod it va 46 mingdan ziyod mushuk mavjud. Joylarda uy hayvonlari egalari tomonidan rad etilishi, mushuk va itlarning nazoratsiz ko‘payishi natijasida qarovsiz hayvonlar soni yildan-yilga ortib bormoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, aholi punktlarida it va mushuk boqishning qoidalarini buzish bilan bog‘liq ma’muriy huquqbuzurliklar soni 2021-yilda 10,5 mingtani tashkil etgan bo‘lsa, 2022-yilda bo‘ ko‘rsatkich keskin oshib 142,6 mingtaga yetgan.
Shuningdek, hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish bilan bog‘liq ma’muriy huquqbuzurliklar soni 2020-yilda 105 ta, 2021-yilda 190 ta, 2022-yilda 325 dan ziyodni tashkil egan.
Shu bilan birga, hayvonlar tomonidan insonlarga zarar yetkazish, ularni tishlash holatlari ham oshib borib, 2021-yilda 44 ming, 2022-yilda esa 50 mingga yaqin holat qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda hayvonlarni qiynoqqa solish yoki azob berish 990 mingdan 1 mln 650 ming so‘mgacha jarimaga
sabab bo‘ladi. Agar bu holat ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilsa, va hayvonlar o‘limiga yoki mayib bo‘lishiga olib kelsa, 16 mln 500 ming so‘mgacha jarimadan 6 oygacha ozodlikdan mahrum qilishga sabab bo‘lishi mumkin.