https://oz.sputniknews.uz/20230728/uqk-haqiqiy-hujum-yakun-37352579.html
UQKning “haqiqiy” hujumi muqarrar yakuniga yetmoqda
UQKning “haqiqiy” hujumi muqarrar yakuniga yetmoqda
Sputnik O‘zbekiston
So‘nggi kunlarda Ukraina rejimi o‘z askarlari va texnikalarini yo‘q qilish bo‘yicha barcha rekordlarni yangilashga qaror qildi va birlashib yig‘ib chiqqan bor budini... 28.07.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-07-28T21:42+0500
2023-07-28T21:42+0500
2023-07-28T21:42+0500
kolumnistlar
ukraina
vladimir zelenskiy
rossiya
nato
harbiy texnika
harbiy
oav
g‘arb
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/1c/37329118_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_041edae4cbca029feb8e7597880e0f07.jpg
TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. So‘nggi kunlarda G‘arb OAVlarining vaziyatni ta’riflashi lambada festivalini eslatmoqda: petardalar otilmoqda, bayram nachoslari qarsillamoqda va rang-barang kabalyerolar o‘zlarining sombrerolarini zavq bilan yuqoriga uloqtirishmoqda. Bayramning sababi — “UQKning katta hujumi” rasmiy ravishda boshlandi, u Kiyev va kuratorlarining avvalgi barcha xo‘rlashlarini albatta yopishi kerak. Yirik OAVlarining yarim sahifa joyni egallagan sarlavhalari mana hozir, yaqin orada va deyarli qo‘lga kiritiladigan Ukraina g‘alabasini va’da qilmoqda:“The New York Times” baralla ovozda shivirlab “bu qarshi hujumning asosiy bosqichidir”, deb yozmoqda.Sariq matbuotdan nonini tortib olishga harakat qilayotgan AQSh hukumati bu ajoyib sarlavhalarga undov belgisini dadil qo‘ymoqda: “Ukraina ruslarga uzoq kutilgan asosiy hujumni boshlaydi. BU KATTA JANG! Minglab G‘arbda tayyorlangan askarlar, nemis tanklari jang maydonida, ruslar katta hujumlar haqida xabar berishmoqda”.Agar bu vahimali shov-shuv boricha qabul qilinsa, rus armiyasi allaqachon deyarli mag‘lubiyatga uchragan, qochib ketmoqda va Rossiyaning kunlari aniq nihoyasiga yetdi deb o‘ylash mumkin.Biroq qo‘lni yaxshilab yuvib, oqayotgan jo‘mrak yopilsa, vaziyat nafaqat tasvirlangandan biroz farq qiladi, balki mutlaqo teskari ekanligi ayon bo‘ladi.So‘nggi kunlarda Ukraina rejimi o‘z askarlari va texnikalarini yo‘q qilish bo‘yicha barcha rekordlarni yangilashga qaror qildi va birlashib yig‘ib chiqqan bor budini Rossiya Qurolli kuchlari oyog‘i ostiga tashlamoqda. Ammo “bor-budi” unchalik sifatli chiqmadi va aslida UQKning g‘alabali hujimi o‘rniga har kuni yuzlab askarlar va o‘nlab G‘arb zirhli texnikalari yo‘qotmoqda. “Katta, ammo endi aniq haqiqiy hujum”ning faqat bir kunidayoq UQK Janubiy Donesk va Zaporojye yo‘nalishlarida 280 dan ortiq askar va 25 ta tankni, Krasniy Liman yo‘nalishida esa 185 tagacha askarini yo‘qotdi. Ukrainaning qolgan dalalarida ellikka yaqin zirhli transportorlar, MMB va tanklar, shu jumladan, “Bredli” va “Leopardlar” tutab yotibdi.UQK muvaffaqiyatli hujum uyushtirayotganini bilmagan holda, Rossiya qo‘shinlari muntazam ravishda kilometrdan kilometrga hududni ukrainalik millatchilardan ozod qilmoqdalar.Shu vaziyatda, aniq boshqa dunyoda yashayotgan Ukrainaning G‘arbiy rahbariyati hammasi juda yaxshi ekanini xabar qilmoqda. Xususan, Buyuk Britaniya Mudofaa vaziri o‘rinbosari Jeyms Xippi “Daily Telegraph” nashriga bergan intervyusida g‘urur bilan aytdi: “Hozirda Ukraina bizning umidlarimizni oqlamoqda. Umuman olganda, ular biz, amerikaliklar va boshqa tomonlar bilan birgalikda qishda ishlab chiqilgan rejani bajarmoqdalar”.Hippiga quloq solinsa, bu reja juda ayyor tuzilgan — xuddi Tayson mushtiga yuz bilan urish orqali mag‘lub etish rejasi kabi. G‘arb matbuoti yashirin ma’lumotlarga ko‘ra, Ukraina shu paytgacha ehtiyotkorlik bilan saqlab kelgan so‘nggi zaxiralarini jangga kiritmoqda. UQKdagi manbalarning xabar berishicha, og‘ir yo‘qotishlar fonida elita maxsus kuchlari oddiy piyodalar o‘rniga “qonli qirg‘inga”ga tashlanmoqda. O‘ziga mos familiyali qo‘mondon Dubina “Daily Beast” nashriga bergan intervyusida “UQK hujumida old front janglari shunchalik dahshatliki, go‘yo do‘zaxga o‘xshaydi” deb tan oldi.Yaqinda Germaniya harbiy razvedkasidan sizib chiqqan ma’lumotlarga ko‘ra (ehtimol tasodifiy emas), G‘arb qurollari va askarlarni NATO standartlariga o‘rgatganiga qaramay, UQK hujumi muvaffaqiyatsizlikka uchraydi.Aftidan, Ukrainaning muvaffaqiyatlaridan hayratda qolgan Vengriya Bosh vaziri devoni rahbari Gergey Guyash ham “UQK hujum paytida sezilarli natijalarga erisha olmayotganini” ta’kidlaydi.Yana bir Ukraina “muvaffaqiyati” haqida yangilik: “Financial Times” gazetasining yozishicha, Ukraina va G‘arb rasmiylariga ko‘ra, Ukraina G‘arb tomonidan yetkazib berilgan barcha texnika va qurollarning kamida beshdan bir qismini yo‘qotgan.Mashhur “Shimoliy oqim” tadqiqoti muallifi Seymur Xersh ismini oshkor etmagan amaldorning so‘zlaridan iqtibos keltirdi: “Ukrainaning Rossiyaga qarshi hujumi barbod bo‘lgan paytda Zelenskiyning chidab turishdan boshqa iloji yo‘q”.Xo‘sh, agar reja shundan iborat bo‘lgan bo‘lsa, u Rossiyaga to‘liq mos keladi va Ukrainadan yanada kuchliroq harakat qilishini so‘raydi. Qolaversa, Pentagon rahbari Lloyd Ostin Rossiyaga allaqachon motivatsiya berib bo‘ldi, u tik qarab “Kiyev qarshi hujumni davom ettirish uchun yetarli kuchga ega” deb yolg‘on gapirdi.Bitta xatoni qayta-qayta takrorlash dunyodagi eng yomon narsa. Kiyev o‘rtoqlari bilan buni takrorlayotgan ekan, yaxshisi ularga xalal bermagan ma’qul.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/1c/37329118_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_9f56d77d216f8deaf7beba346ee94389.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
kolumnistlar, ukraina, vladimir zelenskiy, rossiya, nato, harbiy texnika, harbiy, oav, g‘arb
kolumnistlar, ukraina, vladimir zelenskiy, rossiya, nato, harbiy texnika, harbiy, oav, g‘arb
UQKning “haqiqiy” hujumi muqarrar yakuniga yetmoqda
So‘nggi kunlarda Ukraina rejimi o‘z askarlari va texnikalarini yo‘q qilish bo‘yicha barcha rekordlarni yangilashga qaror qildi va birlashib yig‘ib chiqqan bor budini Rossiya Qurolli kuchlari oyog‘i ostiga tashlamoqda.
TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. So‘nggi kunlarda G‘arb OAVlarining vaziyatni ta’riflashi lambada festivalini eslatmoqda: petardalar otilmoqda, bayram nachoslari qarsillamoqda va rang-barang kabalyerolar o‘zlarining sombrerolarini zavq bilan yuqoriga uloqtirishmoqda. Bayramning sababi — “UQKning katta hujumi” rasmiy ravishda boshlandi, u Kiyev va kuratorlarining avvalgi barcha xo‘rlashlarini albatta yopishi kerak. Yirik OAVlarining yarim sahifa joyni egallagan sarlavhalari mana hozir, yaqin orada va deyarli qo‘lga kiritiladigan Ukraina g‘alabasini va’da qilmoqda:
“Ukraina armiyasi janubga yangi kuchlarni kiritdi”
“Ukraina Katta Hujumni boshladi”
“Ukraina G‘arb uchun muhim bo‘lgan urushning yangi bosqichini boshladi”
“The New York Times” baralla ovozda shivirlab “bu qarshi hujumning asosiy bosqichidir”, deb yozmoqda.
Sariq matbuotdan nonini tortib olishga harakat qilayotgan AQSh hukumati bu ajoyib sarlavhalarga undov belgisini dadil qo‘ymoqda: “Ukraina ruslarga uzoq kutilgan asosiy hujumni boshlaydi. BU KATTA JANG! Minglab G‘arbda tayyorlangan askarlar, nemis tanklari jang maydonida, ruslar katta hujumlar haqida xabar berishmoqda”.
Agar bu vahimali shov-shuv boricha qabul qilinsa, rus armiyasi allaqachon deyarli mag‘lubiyatga uchragan, qochib ketmoqda va Rossiyaning kunlari aniq nihoyasiga yetdi deb o‘ylash mumkin.
Biroq qo‘lni yaxshilab yuvib, oqayotgan jo‘mrak yopilsa, vaziyat nafaqat tasvirlangandan biroz farq qiladi, balki mutlaqo teskari ekanligi ayon bo‘ladi.
So‘nggi kunlarda Ukraina rejimi o‘z askarlari va texnikalarini yo‘q qilish bo‘yicha barcha rekordlarni yangilashga qaror qildi va birlashib yig‘ib chiqqan bor budini Rossiya Qurolli kuchlari oyog‘i ostiga tashlamoqda. Ammo “bor-budi” unchalik sifatli chiqmadi va aslida UQKning g‘alabali hujimi o‘rniga har kuni yuzlab askarlar va o‘nlab G‘arb zirhli texnikalari yo‘qotmoqda. “Katta, ammo endi aniq haqiqiy hujum”ning faqat bir kunidayoq UQK Janubiy Donesk va Zaporojye yo‘nalishlarida 280 dan ortiq askar va 25 ta tankni, Krasniy Liman yo‘nalishida esa 185 tagacha askarini yo‘qotdi. Ukrainaning qolgan dalalarida ellikka yaqin zirhli transportorlar, MMB va tanklar, shu jumladan, “Bredli” va “Leopardlar” tutab yotibdi.
UQK muvaffaqiyatli hujum uyushtirayotganini bilmagan holda, Rossiya qo‘shinlari muntazam ravishda kilometrdan kilometrga hududni ukrainalik millatchilardan ozod qilmoqdalar.
Shu vaziyatda, aniq boshqa dunyoda yashayotgan Ukrainaning G‘arbiy rahbariyati hammasi juda yaxshi ekanini xabar qilmoqda. Xususan, Buyuk Britaniya Mudofaa vaziri o‘rinbosari Jeyms Xippi “Daily Telegraph” nashriga bergan intervyusida g‘urur bilan aytdi: “Hozirda Ukraina bizning umidlarimizni oqlamoqda. Umuman olganda, ular biz, amerikaliklar va boshqa tomonlar bilan birgalikda qishda ishlab chiqilgan rejani bajarmoqdalar”.
Hippiga quloq solinsa, bu reja juda ayyor tuzilgan — xuddi Tayson mushtiga yuz bilan urish orqali mag‘lub etish rejasi kabi. G‘arb matbuoti yashirin ma’lumotlarga ko‘ra, Ukraina shu paytgacha ehtiyotkorlik bilan saqlab kelgan so‘nggi zaxiralarini jangga kiritmoqda. UQKdagi manbalarning xabar berishicha, og‘ir yo‘qotishlar fonida elita maxsus kuchlari oddiy piyodalar o‘rniga “qonli qirg‘inga”ga tashlanmoqda. O‘ziga mos familiyali qo‘mondon Dubina “Daily Beast” nashriga bergan intervyusida “UQK hujumida old front janglari shunchalik dahshatliki, go‘yo do‘zaxga o‘xshaydi” deb tan oldi.
Yaqinda Germaniya harbiy razvedkasidan sizib chiqqan ma’lumotlarga ko‘ra (ehtimol tasodifiy emas), G‘arb qurollari va askarlarni NATO standartlariga o‘rgatganiga qaramay, UQK hujumi muvaffaqiyatsizlikka uchraydi.
Aftidan, Ukrainaning muvaffaqiyatlaridan hayratda qolgan Vengriya Bosh vaziri devoni rahbari Gergey Guyash ham “UQK hujum paytida sezilarli natijalarga erisha olmayotganini” ta’kidlaydi.
Yana bir Ukraina “muvaffaqiyati” haqida yangilik: “Financial Times” gazetasining yozishicha, Ukraina va G‘arb rasmiylariga ko‘ra, Ukraina G‘arb tomonidan yetkazib berilgan barcha texnika va qurollarning kamida beshdan bir qismini yo‘qotgan.
Mashhur “Shimoliy oqim” tadqiqoti muallifi Seymur Xersh ismini oshkor etmagan amaldorning so‘zlaridan iqtibos keltirdi: “Ukrainaning Rossiyaga qarshi hujumi barbod bo‘lgan paytda Zelenskiyning chidab turishdan boshqa iloji yo‘q”.
Xo‘sh, agar reja shundan iborat bo‘lgan bo‘lsa, u Rossiyaga to‘liq mos keladi va Ukrainadan yanada kuchliroq harakat qilishini so‘raydi. Qolaversa, Pentagon rahbari Lloyd Ostin Rossiyaga allaqachon motivatsiya berib bo‘ldi, u tik qarab “Kiyev qarshi hujumni davom ettirish uchun yetarli kuchga ega” deb yolg‘on gapirdi.
Bitta xatoni qayta-qayta takrorlash dunyodagi eng yomon narsa. Kiyev o‘rtoqlari bilan buni takrorlayotgan ekan, yaxshisi ularga xalal bermagan ma’qul.