Test sinovlari bo‘lib o‘tadigan kunlar ma’lum bo‘ldi

© Davlat test markazi Test sinovlari
Test sinovlari  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.07.2023
Obuna bo‘lish
Bu yil O‘zbekistonda test sinovlari 1-avgustdan 13-avgustga qadar davom etadi va ular ikki smenada bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. 2023-2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari 2023-yil 1-avgust kunidan boshlanadi. Bu haqida Bilimni baholash agentligi ma’lum qildi.
Test sinovlari kuniga ikki smenada o‘tkaziladi:
1-smenada 08:00 dan 11:00 ga qadar;
2-smenada 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.
Test sinovlari hududlardagi abituriyentlar soni va test sinovlari o‘tkaziladigan binolar sig‘imidan kelib chiqqan holda 11 kundan 13 kungacha davom etadi va 13-avgust kuni to‘liq yakunlanadi.
Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim.
Bugundan OTMlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi.
Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.uzbmb.uz saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishlari mumkin.
Yangiliklar lentasi
0