https://oz.sputniknews.uz/20230728/termizning-sobiq-hokimi-11-yilga-qamaldi-37322675.html
Termiz shahrining sobiq hokimi 11-yilga qamaldi
Termiz shahrining sobiq hokimi 11-yilga qamaldi
Sputnik O‘zbekiston
Termiz shahrining sobiq hokimi Jinoyat kodeksining yettita moddasi bo‘yicha ayblanib 11-yila qamaldi.
2023-07-28T11:25+0500
2023-07-28T11:25+0500
2023-07-28T13:53+0500
jamiyat
o‘zbekiston
surxondaryo
termiz
hokim
sud
mansabdorlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/1b/23588563_0:247:832:715_1920x0_80_0_0_2596e8ca33bc4e75ae6be19aadf72320.jpg
TOShKENT, 28-iyul - Sputnik. Termiz shahrining sobiq hokimi I. Xudayberdiyev 11-yilga ozodlikdan mahrum qilindi. U Jinoyat kodeksining jami 7 ta moddasi bilan aybli deb topildi. Bu haqida Oliy sud matbuot kotibi Aziz Abidov o‘z Telegram kanalida ma’lum qildi.Xabarga ko‘ra, kecha Termiz shahar sudida Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan, Termiz shahar hokimi lavozimida ishlagan I.Xudayberdiyev va boshqa 17 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishi bo‘yicha sud jarayoni tugab, hukm e’lon qilindi.Ma’lum qilinishicha, sobiq hokim Jinoyat kodeksining jami 7 moddasi, xususan:I.Xudoyberdiyevga 11-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Shuningdek, 2-yil 6 oy muddatga davlat tashkilotlarida mansabdorlik lavozimlari va moddiy javobgarlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilingan. Sobiq hokim tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘taydi.Xabarda aytilishicha, qolgan 17 nafar sudlanuvchi sobiq mansabdorlar Jinoyat kodeksining 25,167, 167, 168, 184, 28,205, 205, 206, 28,209, 209 va 229-4-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, ularga tegishliligi bo‘yicha jarima, 1-yil 9 oy 15 kundan 2-yil 3 oygacha axloq tuzatish ishlari va 3-yil 6 oydan 9-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazolari tayinlangan.Sobiq hokim 2022-yil oktabr oyida qo‘lga olingan edi.
o‘zbekiston
surxondaryo
termiz
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/1b/23588563_0:71:832:695_1920x0_80_0_0_0c29ef73985bb1318dbded373c5e89bc.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
termiz hokimi jinoyat kodeksi qamaldi
termiz hokimi jinoyat kodeksi qamaldi
Termiz shahrining sobiq hokimi 11-yilga qamaldi
11:25 28.07.2023 (yangilandi: 13:53 28.07.2023) Termiz shahrining sobiq hokimi Jinoyat kodeksining yettita moddasi bo‘yicha ayblanib 11-yila qamaldi.
TOShKENT, 28-iyul - Sputnik. Termiz shahrining sobiq hokimi I. Xudayberdiyev 11-yilga ozodlikdan mahrum qilindi. U Jinoyat kodeksining jami 7 ta moddasi bilan aybli deb topildi. Bu haqida Oliy sud matbuot kotibi Aziz Abidov o‘z
Telegram kanalida ma’lum qildi.
Xabarga ko‘ra, kecha Termiz shahar sudida Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan, Termiz shahar hokimi lavozimida ishlagan I.Xudayberdiyev va boshqa 17 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishi bo‘yicha sud jarayoni tugab, hukm e’lon qilindi.
Ma’lum qilinishicha, sobiq hokim Jinoyat kodeksining jami 7 moddasi, xususan:
167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 3-qismi “a” bandi,
205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) 1-qismi, 2-qismi “a” bandi,
206-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) 2-qismi “a” bandi, --209-moddasi (mansab soxtakorligi) 1-qismi, 2-qismi “a” bandi
210-moddasi -pora olish) 3-qismi “a” bandi,
229-4-moddasi-yer berish tartibini buzish) 2-qismi “a”, “b” bandlari va
243-moddasi -jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish)da aybdor deb topilgan.
I.Xudoyberdiyevga 11-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Shuningdek, 2-yil 6 oy muddatga davlat tashkilotlarida mansabdorlik lavozimlari va moddiy javobgarlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilingan. Sobiq hokim tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘taydi.
Xabarda aytilishicha, qolgan 17 nafar sudlanuvchi sobiq mansabdorlar Jinoyat kodeksining 25,167, 167, 168, 184, 28,205, 205, 206, 28,209, 209 va 229-4-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, ularga tegishliligi bo‘yicha jarima, 1-yil 9 oy 15 kundan 2-yil 3 oygacha axloq tuzatish ishlari va 3-yil 6 oydan 9-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazolari tayinlangan.
Sobiq hokim 2022-yil oktabr oyida qo‘lga olingan edi.