“Sport shifokori” va “Sport diyetologiyasi” magistratura mutaxassisliklari joriy etiladi

© Unsplash/Online MarketingMeditsinskiy sotrudnik. Illyustrativnoe foto
Meditsinskiy sotrudnik. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.07.2023
Obuna bo‘lish
Toshkent tibbiyot akademiyasi jismoniy tarbiya va sport sohasi uchun sport shifokori va sport diyetologi mutaxassislarini tayyorlash bo‘yicha bosh oliy ta’lim muassasasi bo‘ladi.
TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. “Jismoniy tarbiya va sport sohasi uchun tibbiyot kadrlarini tayyorlash hamda sportchilarga tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi, deb xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Qaror bilan Toshkent tibbiyot akademiyasi jismoniy tarbiya va sport sohasi uchun sport shifokori va sport diyetologi mutaxassislarini tayyorlash bo‘yicha bosh oliy ta’lim muassasasi hisoblanishi belgilandi.
2024/2025 o‘quv yilidan boshlab Toshkent tibbiyot akademiyasida “Sport shifokori” va “Sport diyetologiyasi (ovqatlanish ilmi)” bo‘yicha magistratura mutaxassisliklari joriy etiladi.
Toshkent farmatsevtika institutida “Eksperimental va sport farmakologiyasi” magistratura mutaxassisligi bo‘yicha amaldagi o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari ikki baravarga oshiriladi.
Yangiliklar lentasi
0