Rossiya — Afrikaning sinalgan do‘sti. Putin nutqidan asosiy fikrlar

© Sputnik / Aleksey Danichev / Mediabankka o‘tishPlenarnoe zasedanie II Sammita "Rossiya - Afrika"
Plenarnoe zasedanie II Sammita Rossiya - Afrika - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.07.2023
Obuna bo‘lish
Sovet Itifoqi va Rossiya uzoq yillar davomida Afrikaing do‘sti bo‘lib kelgan va bugun biz ushbu an’analarni davom ettirmoqchimiz - Putin.
TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin ikkinchi Rossiya-Afrika sammitining yalpi majlisida so‘zlagan nutqining asosiy mavzulari.

Rossiya va Afrika: sinalgan do‘stlik

Bu yerda Afrika davlatlarining mutlaq ko‘pchiligi vakillari va yetakchi mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari to‘plangani — bizning xalqlarimiz halol, ochiq va konstruktiv sheriklikni mustahkamlashga intilayotganidan dalolat beradi.
Rossiya va Afrikani an’anaviy ravishda mustahkam do‘stlik rishtalari va yaqin o‘zaro manfaatli munosabatlar bog‘lab turadi, ularning asoslari o‘tgan asrning o‘rtalarida Afrika qit’asi xalqlarining o‘z ozodligi uchun kurashi yillarida qo‘yilgan.
O‘nlab yillar davomida biz Afrika davlatlarining mustamlakachilikka qarshi og‘ir qurashida doimiy ravishda yordam berdik. Afsuski, mustamlakachilikning ayrim ko‘rinishlari bugungi kungacha bartaraf etilmagan va sobiq metropoliyalarda, xususan, iqtisodiy, axborot va gumanitar sohalarda hamon amalda qo‘llanilmoqda.
Rossiya Afrika mustaqilligi uchun kurashgan yetuk o‘g‘lonlarni xotirlaydi va hurmat qiladi. Aziz do‘stlar, biz ularni yodda tutishimiz va unutmasligimiz kerak: Patris Lumumba, Gamal Abdel Nosir, Nelson Mandela, Ahmad bin Bella, Umar al-Muxtor, Kvame Nkrumah, Samora Mashel, Leopold Sengxor, Kennet Kaunda, Julius Nerera.
Biz Afrikaning boshqa ozodlik kurashchilari va Afrika milliy rahbarlarini eslaymiz. Adolat va tenglik tamoyillariga asoslanib, ular o‘z xalqlarining mustaqil taraqqiyot yo‘lini, ko‘pincha o‘z hayotini qurbon qilish orqali qat’iy himoya qildilar.
Bu erkinlik, mustaqillik, suverenitet g‘oyalari xalqaro notinchlikning hozirgi og‘ir sharoitlarida, chinakam ko‘p qutbli dunyo tartibi shakllanayotgan, bir yoki bir guruh davlatlar tomonidan gegemonlik davri o‘tmishga aylanib borayotgan bir paytda ham juda muhim.

Tinchlik, xavfsizlik va taraqqiyot uchun

Rossiya-Afrika sammiti “Tinchlik, xavfsizlik va taraqqiyot uchun” shiori ostida o‘tkazilayotgani bejiz emas. Rossiya va Afrika davlatlari dunyo tartibining yangi, adolatli arxitekturasini barpo etish, xalqaro huquqni, BMT Nizomini himoya qilish, xalqaro kun tartibidagi asosiy masalalar bo‘yicha yondashuvlarni muvofiqlashtirish uchun birgalikda turishadi.
Aksariyat masalalar bo‘yicha bizning pozitsiyalarimiz juda yaqin yoki butunlay mos keladi. Sammit siyosiy deklaratsiyaning asosiy qoidalari shundan dalolat beradi.
Rossiya va Afrika davlatlari o‘rtasidagi hamkorlik terrorchilik, axborot xavfsizligi sohasidagi chaqiriqlarga javob berish uchun kengaymoqda.
Biz iqlim, inson huquqlari va gender kun tartibi deb ataladigan narsalardan nomaqbul siyosiy maqsadlarda foydalanishga qarshimiz.
Biz bir tomonlama sanksiyalar va cheklovchilar kabi noqonuniy amaliyotlarni emas, aslida mustaqil yo‘l tutayotgan mamlakatlarga zarar yetkazuvchi, global miqyosda taraqqiyotga to‘sqinlik qiluvchi iqtisodiy muammolarni keltirib chiqaradigan jazo choralarini qabul qilmaymiz.
Va, albatta, biz xalqaro huquqni ba’zi davlatlar o‘zlari o‘ylab topgan allaqanday qoidalarga asoslangan tartib bilan almashtirilishiga rozi bo‘lmaymiz.
Asosiysi, Rossiya va Afrikani haqiqiy suverenitetni, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va boshqa sohalarda o‘z rivojlanish yo‘liga ega bo‘lish huquqini himoya qilish istagi birlashtiradi.
Qolaversa, mustaqillik va suverenitetga bo‘lgan bunday intilish o‘z-o‘zidan yakkalanib qolishni anglatmaydi, aksincha, erkin davlat va xalqlarning, huquqlari teng bo‘lgan davlatlarning ochiqligini, hamkorligini nazarda tutadi.
Suverenitet — bir marta erishilgan davlat emas, u uchun doimo kurashish kerak. Shu munosabat bilan Nelson Mandelaning so‘zlarini eslamoqchiman, u shunday degan edi: “Meni muvaffaqiyatimga qarab baholamang, necha marta yiqilib, yana o‘rnimdan turganimga qarab baho bering”.
Davlat suvereniteti ham shunday: uni shak-shubhasiz himoya qilish, hech qachon taslim bo‘lmaslik, tashqi bosim ostida chekinmaslik va mustaqil bo‘lishni talab qiladi. Bugun biz teng huquqlilikka asoslangan ko‘p qutbli dunyo tizimni shakllantirishda faol ishtirok etish istagidamiz. Ishonchim komilki, Rossiya va Afrika davlatlari bu ma’noda bir-biri bilan to‘liq birdamlikda.

Afrika - yangi kuch markazi

Shuni ham qayd etishni istardimki, bizning ko‘z o‘ngimizda Afrika qit’asi yangi kuch markaziga aylanib bormoqda. Uning siyosiy va iqtisodiy roli keskin oshib bormoqda. Va hamma bu obyektiv haqiqat bilan hisoblashishi kerak.
Rossiya Afrika Ittifoqiga G20 a’zoligidan joy berish tashabbusini faol qo‘llab-quvvatladi. Bu haqiqatan ham zamonaviy dunyodagi voqelik va kuchlarning uyg‘unligini aks ettiruvchi to‘g‘ri qaror bo‘lar edi.
Biz Afrikadagi boshqa mintaqaviy integratsiya birlashmalari bilan hamkorlik qilishga ochiqmiz. Kuni kecha biz YeOII va Afrika Ittifoqi tashkilotlari orasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, erkin savdo hududi tashkil etish, integratsiya jarayonlarini imkoniyatlarini o‘rganish tashabbusini ilgari surdik.
Albatta, biz Afrika davlatlarining Birlashgan Millatlar Tashkiloti faoliyatida kengroq ishtirok etishga intilishlariga sherikmiz. Afrika Ittifoqi bu borada qanday faol pozitsiyani egallayotganini ko‘rib turibmiz.
Biz Afrika tuzilmalari, Afrika vakillarining yangi ishlab chiqilayotgan BMT Xavfsizlik Kengashi islohoti kontekstida vakilligini kengaytirish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyormiz. Biz Afrika qit’asiga nisbatan tarixiy adolatsizlikni tuzatish vaqti keldi, deb hisoblaymiz.

Mustamlakachilik "merosi"

Tan olish kerakki, Afrikaning ko‘plab mintaqalarida vaziyat hali ham beqaror. Siyosiy va etnik nizolar hal etilmagan, keskin siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy inqirozlar davom etmoqda. Bu, albatta, mustamlakachilik davrining og‘ir merosi, G‘arb metropoliyalari Afrikada olib borgan "ayirmachilik" siyosati oqibatlaridir.
Ushbu tahdidlarga qarshi turishda Rossiya o‘z yordamini taklif qilmoqda. Biz Rossiya Federatsiyasi va Afrika mamlakatlari huquq-tartibot tuzilmalari va maxsus xizmatlari o‘rtasidagi eng yaqin hamkorlikdan manfaatdormiz.
Biz Rossiya ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida Afrika davlatlarining harbiy xizmatchilari va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini tayyorlashni davom ettirishga qaror qildik. Hozirda Afrikaning ko‘plab davlatlaridan harbiy xizmatchilar Rossiya Mudofaa vazirligining universitetlarida tahsil olmoqda.
Rossiya Afrikaning 40 dan ortiq davlatlari bilan harbiy-texnik hamkorlik to‘g‘risida shartnoma tuzdi, biz ularga keng turdagi qurol-yarog‘ va texnika yetkazib beramiz. Shartnomalarning ba’zilari ushbu davlatlarning xavfsizligi va suverenitetini mustahkamlash uchun bepul amalga oshiriladi.

Vakolatxonalar soni oshadi

Rossiyaning Afrikaga e’tibori muttasil ortib bormoqda, bu bizning qit’ada diplomatik ishtirokimizni oshirish rejalarimizda yaqqol ko‘rinadi.
Uzoq tanaffusdan so‘ng Rossiyaning Burkina-Faso va Ekvatorial Gvineyadagi elchixonalari tez orada o‘z faoliyatini tiklaydi. Shuningdek, biz Rossiya ilm-fan va madaniyat markazlari tarmog‘ini kengaytirmoqchimiz. Hozirgi kunda "Rus uylari" Afrikaning sakkizta mamlakatida muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda va yaqin kelajakda ular boshqa bir qator mamlakatlarda paydo bo‘ladi.
O‘z navbatida, biz afrikalik do‘stlarimizning o‘zaro qadamlarini olqishlaymiz va mamlakatimizda Afrika davlatlarining yangi elchixonalari, konsulliklari va boshqa vakolatxonalari ochilishini qo‘llab-quvvatlaymiz.

Iqtisodiy hamkorlik

Albatta, Rossiya ham, Afrika davlatlari ham iqtisodiy va gumanitar ushbu sohalarda hamkorlikni mustahkamlashni chinkam xohlaydi. Kecha bo‘lib o‘tgan forum buning dalilidir. Ochig‘ini aytsam, bizning tadbirkorlarimiz Afrikadagi hurmatli hamkorlarimizga taklif qiladigan mahsulolarimiz ko‘p.
Jahon bozorlaridagi qiyin sharoitlarga qaramay, Afrika bilan tovar ayirboshlash barqaror o‘sib bormoqda va uning chegarasi bugungi ko‘rsatgichlardan yiroq ekanligi aniq. Rossiya-Afrika savdo aylanmasining o‘sishi va uni diversifikatsiya qilish bizning maqsadimiz bo‘ladi. Savdo-sotiqda milliy valyutalarga o‘tish — hamkorlikning yanada ֫yanada baquvvat bo‘lishia hamda yangi transport va logistika zanjirlarini tashkil etishga yordam beradi.

Rossiya ishonchli ta’minotchi

Afrika davlatlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va siyosiy barqarorligini saqlash uchun uzluksiz oziq-ovqat ta’minoti muhimligini tushunib, biz Afrikaga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berishni oshirmoqdamiz. 2022-yilda Afrika mamlakatlariga 11,5 million tonna, birgina joriy yilning birinchi olti oyida salkam 10 million tonna g‘alla jo‘natildi. Va bu Rossiyaga qo‘yilgan transport, sug‘urta va moliya sanksiyalarga qaramasdan.
Yana bir bor ta’kidlayman: siz, aziz do‘stlar, Rossiya doimo qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib beruvchi mas’uliyatli xalqaro ta’minotchi bo‘lib qolishiga amin bo‘lishingiz mumkin. Biz eng ko‘p muhtoj bo‘lgan mamlakatlar va hududlarni qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz, don va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini, shu jumladan, tekin asosda, jumladan BMT oziq-ovqat dasturi doirasida ham.
Biz kecha, yaqin uch-to‘rt oy ichida Afrikaning olti davlatiga 25-50 ming tonna g‘allani tekin yetkazib berishimizni ma’lum qilgan edik.

Insonparvarlik yordami

Umuman olganda, Rossiya nafaqat insonparvarlik yordami, balki savdo imtiyozlari, zamonaviy ishlab chiqarishlar texnologiyalari, qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash orqali yordam ko‘rsatib, Afrika qit’asining rivojlanishiga har tomonlama yordam berishni davom ettirish niyatida.
Xususan, 2020-yildan 2023-yilgacha bo‘lgan davrda 10 ta Afrika davlatida ikki tomonlama asosda Rossiyaning 11 ta gumanitar aksiyasi amalga oshirildi. Biz koronavirus pandemiyasi davrida qit’a davlatlariga birinchilardan bo‘lib yordamga keldik, millionlab test tizimlarini bepul yetkazib berdik, ko‘chma tibbiy laboratoriyalar sovg‘a qildik, ixtisoslashgan infeksiya tadqiqot markazini jihozladik.
Rossiya ham Afrika davlatlarining qarz yukini yengillashtirish harakatlarida ishtirok etmoqda. Bugungi kunga qadar biz hisobdan chiqargan umumiy qarz 23 milliard dollarni tashkil etadi. Afrika davlatlarining so‘nggi so‘rovlariga ko‘ra, biz ushbu maqsadlar va ularni rivojlantirish uchun 90 milliondan ortiq mablag‘ ajratamiz.
Hurmatli do‘stlar, nutqimni yakunlar ekanman, yana bir bor ta’kidlamoqchimanki, biz afrikalik do‘stlarimiz bilan qo‘l qovushtirib, kelajak uchun chinakam strategik hamkorlik va sheriklik o‘rnatish yo‘lida hamkorlik qilishga chin dildan tayyormiz.
Biz har bir Afrika davlati va butun qit’a bilan munosabatlarni qadrlaymiz va rivojlanayotgan ko‘p qutbli dunyoda bu munosabatlarning muvaffaqiyatli kelajagiga ishonamiz.
Yangiliklar lentasi
0