Prezident Farg‘onada sanoat va investitsiya sohalarini tanqid qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev Farg‘onada
Shavkat Mirziyoyev Farg‘onada - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.07.2023
Obuna bo‘lish
Yil yakunigacha har bir tuman uchun kamida 100 million dollardan investitsiya jalb qilish vazifasi qo‘yildi.
TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Farg‘onaga amalga oshirilayotgan tashrifi davomida viloyatda sanoat rivojlanishi va investitsiyalarni jalb qilishga oid ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Amalga oshirilgan loyihalar

Shavkat Mirziyoyev “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasida yaqinda ochilgan “BNBM Building Materials Central Asia” korxonasiga tashrif buyurdi. Bu yerda turli xil gipsokarton ishlab chiqariladi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev Farg‘onada
Shavkat Mirziyoyev v Fergane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.07.2023
Shavkat Mirziyoyev Farg‘onada
Korxonaga 30 million dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorij investitsiyasi yo‘naltirilib, yiliga 30 million kvadrat metr gipsokarton va 4 million kvadrat metr dekorativ gipsokarton ishlab chiqarish quvvati yaratildi. 200 ta yangi ish o‘rni yaratilgan.
Shu yerda Farg‘ona viloyatidagi yangi majmualarni ishga tushirish marosimi bo‘ldi. Bular - Beshariq tumanidagi “Farg‘ona Yasin qurilish mollari”, Uchko‘prik tumanidagi “Mollis” va “Proker”, Rishton tumanidagi “Chinor plyus – 2020”, Toshloq tumanidagi “Ekspo kollor prin teks”, Farg‘ona tumanidagi “Bahodir Log‘on tekstil”, O‘zbekiston tumanidagi “Sement xomashyo savdosi”, Qo‘shtepa tumanidagi “Global Tekstayl Infiniti” korxonalari, shuningdek, shoshilinch tibbiy yordam hamda kardiologiya ilmiy-amaliy markazlari filiallaridir.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev Farg‘onada
Shavkat Mirziyoyev v Fergane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.07.2023
Shavkat Mirziyoyev Farg‘onada

Sohadagi muammolar

Shundan so‘ng, Shavkat Mirziyoyev raisligida investitsiyalarni jalb etish, sanoat va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

"Oldimizda hali yetti yil bor, bu ishlarni ertaga yoki keyingi yildan boshlaymiz, degan vazir yoki hokim qattiq adashadi <...>" , - dedi prezident.

Prezident to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya jalb qilish bo‘yicha Farg‘ona viloyatidagi ayrim tuman va shaharlarning ko‘rsatkichlari qoniqarsizligini ko‘rsatib o‘tdi.
Misol uchun, Farg‘ona shahrida o‘tgan yilning olti oyida bor-yo‘g‘i 25 million dollar investitsiya kiritilgan bo‘lsa, joriy yilda ushbu raqam atigi 12 million dollarni tashkil qilmoqda. Marg‘ilon shahrida, O‘zbekiston, Bog‘dod, Toshloq tumanlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi o‘tgan yilgi ko‘rsatkichning yarmiga ham yetmaydi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev Farg‘onada
Shavkat Mirziyoyev v Fergane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.07.2023
Shavkat Mirziyoyev Farg‘onada
Bir paytlar sanoat bo‘yicha peshqadamlardan biri bo‘lgan Farg‘ona hozir respublikada 12-o‘ringa tushib qolgani ko‘rsatib o‘tildi. Sanoat salohiyati yetarlicha ishga solinmayapti. Misol uchun, birinchi yarim yillikda sanoat hajmi Toshloqda 17, Qo‘qonda 3 foizga, Oltiariqda 1,3 foizga va Quvada 1,2 foizga kamaygan.
Sanoat zonalarida katta maydonlar bo‘sh turganligi, viloyatdagi 19 ta tuman va shahar hokimlari ularni tadbirkorlarga taklif qilib, mavjud imkoniyatlardan foydalanmayotgani tanqid qilindi.

"Shuncha bo‘sh joylar turib, hokimlar sanoat zonalari uchun qishloq yerlari toifasini o‘zgartirish bo‘yicha murojaat qilishdan charchamayapti. Eng achinarlisi, viloyatda ishlab chiqarish bo‘lgan davlat obyektlarini xususiylashtirib, ular o‘rnida yakka tartibdagi uy-joylar qurib yuborish holatlari bor", - dedi davlat rahbari

Bosh prokuratura, Kadastr agentligiga bunday holatlarni tekshirib, qonun ustuvorligini ta’minlash topshirildi. Bundan buyon, sanoat maqsadlari uchun mo‘ljallangan yerlar toifasini o‘zgartirish bo‘yicha qarorlar faqat Hukumat komissiyasi roziligi bilan amalga oshirilishi belgilandi.
Faoliyatidagi jiddiy kamchiliklari, ishlarni lozim darajada tashkil etmagani uchun viloyat, shahar va tumanlar darajasidagi bir qator rahbarlar lavozimidan ozod qilindi.

Investitsiya jalb qilish

Viloyatning ishga solinmagan imkoniyatlarini aniqlash va ularni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha har bir tuman va shaharga respublikadan mas’ullar biriktirilgan. Ular tomonidan 2 milliard dollarlik qo‘shimcha zaxiralar aniqlangan va tadbirkorlar bilan uchrashib, loyihalar shakllantirilgan.

"Agar hokimlar vaqt ajratib, tadbirkorlar bilan uchrashib, ularning dardiga quloq solsa, tashabbuslarini tinglasa, viloyatdagi tumanlarning barchasi yil yakuniga qadar bemalol kamida 100 million dollardan investitsiya jalb qilishi mumkin", - dedi davlat rahbari.

Shavkat Mirziyov Quva va Beshariq tumanlari misolida ushbu imkoniyatlarni ko‘rsatib o‘tdi.
Prezident Farg‘onada boshlangan ushbu tajribani barcha hududlarda yo‘lga qo‘yish uchun yil yakuniga qadar safarbarlik e’lon qildi. Har bir tuman uchun yil yakunigacha kamida 100 million dollardan investitsiya jalb qilish vazifasi qo‘yildi.
Yangiliklar lentasi
0