Patent olish borasida yengillik bo‘ladimi - ekspert javobi

© Sputnik / Denis GrishkinPosetitel v mnogofunksionalnom migratsionnom sentre Moskvi. Arxivnoe foto
Posetitel v mnogofunksionalnom migratsionnom sentre Moskvi. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.07.2023
Obuna bo‘lish
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Yig‘ma tahlil boshqarmasi boshlig‘i ptent olish borasida yengillik haqida ma’lumot berdi.
TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Yig‘ma tahlil boshqarmasi boshlig‘i Azim Ahmatov patent olish borasida yengillik haqida ma’lumot berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, patent bu migrantlarning Rossiyadagi mehnat faoliyatini rasmiylashtiruvchi ruxsatnoma hujjat. Uni olish uchun asosiy talablar bor.

"Shu talablardan kelib chiqadigan hujjatlarning ko‘p qismini O‘zbekistonning hududida yig‘ish imkoniyatiga ega bo‘ldik. Buning uchun Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida Rossiya ko‘p tarmoqli migratsiya markazining filiali tashkil etildi", — dedi ekspert.

Filial orqali patent uchun talab qilinadigan hujjatlarning asosiy qismini tayyorlab berish imkoniyati bor. Ya’ni bu rus tilini bilish darajasi, rus tarixi bo‘yicha sertifikatlar olish, pasportlarni rasmiylashtirish.
“Sodda qilib aytganda, O‘zbekiston hududida bu hujjatlarning yig‘ma jildini tayyorlagan holda to‘g‘ri Rossiyaning ko‘p tarmoqli migratsiya markaziga boriladi. Rossiya hududida faqat tibbiy ko‘rikdan o‘tgandan so‘ng patent hujjati qo‘liga beriladi. Bu mehnat migrantlari vaqtini tejaydi”, — dedi mutaxassis.
Mavzuga doir materiallar:
Rossiyada ishlayotgan migrantlar yordam uchun kimga murojaat qilishi mumkin?
“Zagranpasport” yo‘qolganda O‘zbekistonga qanday qaytish mumkin? — ekspert javobi
Migrantlar eng ko‘p so‘ragan savollarga javoblar
Migrantlar oila a’zolari uchun qanday imtiyozlar bor?
Yangiliklar lentasi
0