https://oz.sputniknews.uz/20230728/ozbekiston-vengriya-viza-olish-37340215.html
O‘zbekiston va Vengriya viza olishni soddalashtirishga kelishib oldi
O‘zbekiston va Vengriya viza olishni soddalashtirishga kelishib oldi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Vengriya o‘zaro sayyohlik oqimini ko‘paytirish maqsadida viza olish tartibini soddalashtirishga kelishib oldi. Bu haqda iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Vengriya hukumatlararo komissiyasining sakkizinchi yig‘ilishida ma’lum qilindi.
2023-07-28T16:40+0500
2023-07-28T16:40+0500
2023-07-28T16:40+0500
siyosat
o‘zbekiston
vengriya
viza
laziz qudratov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/1c/37322018_0:0:1281:721_1920x0_80_0_0_4dbc8a194322d0a8a1e0fdb1c1fbc7b8.jpg
TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. O‘zbekiston va Vengriya o‘zaro sayyohlik oqimini ko‘paytirish maqsadida viza olish tartibini soddalashtirishga kelishib oldi. Bu haqda iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Vengriya hukumatlararo komissiyasining sakkizinchi yig‘ilishida ma’lum qilindi.Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xabariga ko‘ra, yig‘ilish doirasida ikki mamlakatning 200 dan ortiq ishbilarmon va rasmiy doiralari vakillari ishtirokida biznes-forum ham bo‘lib o‘tdi.O‘zbekiston delegatsiyasiga vazir Laziz Kudratov boshchilik qilgan. Kudratov Vengriya tashqi ishlar vaziri Petr Siyarto bilan muzokaralar chog‘ida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va sanoat sohalarida hamkorlikning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilgan.Bundan tashqari, tashrif doirasida Vengriyaning yetakchi kompaniyalari: “KESH”, “Gedeon Rixter”, “Meditop”, “Wizz Air”, “Bonafarm”, “Mall Group” va “Semmelweis University” rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi va ular davomida bir qator aniq kelishuvlarga erishildi.Eslatib o‘tamiz, avvalroq avgust oyidan O‘zbekiston va Vengriya poytaxtlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlar boshlanishi xabar qilingan edi.
o‘zbekiston
vengriya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/1c/37322018_25:0:1161:852_1920x0_80_0_0_185752e539bca786684e60040b847215.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston vengriya viza olish ma’lumot hamkorlik
o‘zbekiston vengriya viza olish ma’lumot hamkorlik
O‘zbekiston va Vengriya viza olishni soddalashtirishga kelishib oldi
Bu o‘zaro sayyohlik oqimining o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi kutilmoqda.
TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. O‘zbekiston va Vengriya o‘zaro sayyohlik oqimini ko‘paytirish maqsadida viza olish tartibini soddalashtirishga kelishib oldi. Bu haqda iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Vengriya hukumatlararo komissiyasining sakkizinchi yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
xabariga ko‘ra, yig‘ilish doirasida ikki mamlakatning 200 dan ortiq ishbilarmon va rasmiy doiralari vakillari ishtirokida biznes-forum ham bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston delegatsiyasiga vazir Laziz Kudratov boshchilik qilgan. Kudratov Vengriya tashqi ishlar vaziri Petr Siyarto bilan muzokaralar chog‘ida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va sanoat sohalarida hamkorlikning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilgan.
“Tomonlar mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarni faollashtirish maqsadida Toshkent va Budapesht shaharlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, o‘zaro sayyohlik oqimining o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi kutilayotgan viza tartib-taomillarini soddalashtirishga kelishib oldilar”, - deyilgan xabarda.
Bundan tashqari, tashrif doirasida Vengriyaning yetakchi kompaniyalari: “KESH”, “Gedeon Rixter”, “Meditop”, “Wizz Air”, “Bonafarm”, “Mall Group” va “Semmelweis University” rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi va ular davomida bir qator aniq kelishuvlarga erishildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq avgust oyidan O‘zbekiston va Vengriya poytaxtlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlar boshlanishi
xabar qilingan edi.