Kiselov: biz tinchlik uchun Rostislavdan minnatdor bo‘lamiz — video

Obuna bo‘lish
Rostislav Juravlov 22-iyul kuni Zaporojye viloyatida jurnalistlar avtomobilini AQSh tomonidan yetkazib berilgan kassetali snaradlar bilan o‘qqa tutish vaqtida halok bo‘lgan edi.
TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. Bugun Yekaterinburgda maxsus operatsiya zonasida qurbon bo‘lgan harbiy jurnalist Rostislav Juravlov bilan vidolashuv marosimi bo‘lib o‘tdi.

"Albatta, bugun juda qayg‘uli sabab tufayli biz bu yerga to‘plandik. Rostislav qahramonlarcha qurbon bo‘ldi va bizga mas’uliyatli meros qoldirdi. Uning o‘limidan so‘ng biz u o‘rnatgan yuqori standartlarga munosib bo‘lishimiz kerak.

Urushdan keyin keladigan tinchlik — bu qurbonlikning natijasi bo‘ladi. Va biz bu tinchlik uchun Rostislavdan minnatdor bo‘lamiz ", - dedi "Rossiya segodnya" media guruhi bosh direktori Dmitriy Kiselov.
Jurnalistni so‘nggi safarga kuzatib qo‘yish marosimida “Rossiya segodnya” XAA bosh direktori Dmitriy Kiselov, Rossiya prezidentining Ural Federal okrugi bo‘yicha maxsus vakili Vladimir Yakushev va uning o‘rinbosari Boris Kirillov, Sverdlovsk viloyati gubernatori Yevgeniy Kuyvashev, Yekaterinburg meri Aleksey Orlov va Sverdlovsk jurnalistlar uyushmasi raisi Aleksandr Levinlar ishtirok etishdi.
Eslatib o‘tamiz, Ukraina qurolli kuchlari 22-iyul kuni Zaporojye viloyatida rossiyalik jurnalistlar guruhini AQSh tomonidan yetkazib berilgan kassetali snaradlar bilan o‘qqa tutdi. Buning oqibatida harbiy muxbir Juravlov halok bo‘ldi, RIA Novosti muxbiri Konstantin Mixalchevskiy va "Izvestiya" xodimlari Roman Polshakov va Dmitriy Shikov yaralandi.
Dmitriy Peskov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.07.2023
Harbiy muxbir Juravlov o‘limi uchun Kiyev rejimi javobgar – Peskov
Yangiliklar lentasi
0