"Jiddiy oqibatlar bo‘ladi": G‘arb Putinning yangi siyosiy qadamidan qo‘rqmoqda

© Sputnik / Fotoxost-agentstvo TASS / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin. Arxivnoe foto
Prezident RF V. Putin. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.07.2023
Obuna bo‘lish
Daily Express: Rossiya, Xitoy va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi hamkorlik jiddiy oqibatlarga olib keladi.
TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. Rossiya, Xitoy va Shimoliy Koreya o‘rtasida ittifoq tuzish G‘arb uchun halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin, deb yozadi Britaniyaning Daily Express nashri tahlilchilarga tayanib.
“Rossiyaning Xitoy va Shimoliy Koreya bilan qo‘rqinchli ittifoq tuzishi jiddiy oqibatlarga olib keladi”, - deydi ekspertlar.
Tahlilchilar fikricha, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning uch davlat o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash yo‘lidagi siyosiy harakati ularga bir-biriga harbiy salohiyatni oshirish va iqtisodiy taraqqiyotni kuchaytirishga yordam beradi va bu G‘arb hukumatlarini xavotirga solmoqda.
27 iyul kuni Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Shimoliy Koreyaga tashrifi chog‘ida Moskvaning Pxenyan bilan ikki davlat manfaatlaridan kelib chiqqan holda “har tomonlama hamkorlikni” mustahkamlash niyatida ekanligini ma’lum qildi.
Avvalroq Xitoy tashqi ishlar komissiyasi devonining rahbari Van I Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar yirik xalqaro o‘zgarishlar sharoitida ham bardosh berib, yanada rivojlanganini ma’lum qilgandi.
Yangiliklar lentasi
0